Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Navbahor" o‘rtoqlik bahsida g‘alaba qozondi

"Navbahor" o‘rtoqlik bahsida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘rtoqlik uchrashuvi.

“Navbahor” – “Turon” – 2:1 (2:0)

26 yanvar. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 4250 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Isroil Imomnazarov, A’zam Mahmudjanov.

Gollar: Igor Golban (16), Zoran Marushich (38) - Rustamxon Azimov (55).

“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Boyan Siger, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboyev, Jamshid Iskanderov, Elguja Grigalashvili, Islom Kenjaboyev, Zoran Marushich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Stanislav Andreev, Nurillo To‘xtasinov, Ehsoni Panshanbe, Ibrohim G‘anixonov, Sardor Telyakov, Sherzod G‘ulomjonov, Andrey Sidorov, Mirzohid Mirzamahmudov, Abdulhay Ismoilov.         

“Turon”: Akmal Tursunboyev, Xushnudbek Avilov, Bobur Qosimov, G‘olibbek Sariboyev, Jamolxon Bahromov, Abdug‘ani Kamolov, A’zam Aliyev, Sardor Abduraimov, Sharifjon Rahmatov, Rustamxon Azimov, Aziz Ibragimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Kim Bo Yong, Siyovush Habibulloyev, Ismoiljon Oxunjonov.

Ogohlantirishlar: E.Panshanbe (89) – G‘.Sariboyev (89).

Bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor” Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ta’kidlash joizki, uchrashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lishiga qaramay, ushbu bahsga to‘rt mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi.     

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuvning 1-bo‘limida tashabbus ko‘proq jamoamiz tarafida bo‘ldi. Natijada ilk daqiqalardanoq hujumkor ruhda o‘ynagan Samvel Babayan shogirdlari 16-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘sha vaziyatda Jamshid Iskanderov jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi.  U yerda qulay vaziyatda turgan tajribali himoyachi Igor Golban to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi - 1:0.

Urilgan goldan ruhlangan “lochinlar” hujumkorlikni yanada oshirishdi. Bu esa 38-daqiqada o‘z samarasini berdi. Mezbonlarning navbatdagi burchak zarbasidan so‘ng, serbiyalik tajribali hujumchi Zoran Marushich to‘pni boshi bilan Akmal Tursunboyev qo‘riqlayotgan darvozaga aniq yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi – 2:0.

Natijada jamoamiz tanaffusga 2:0 hisobidagi yutuq bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” ustozi Samvel Babayan maydonga yosh futbolchilarni tushirib, sinovdan o‘tkazdi. Bu esa yaypanliklarga hujumkor o‘yin namoyish etishga imkoniyat yaratdi. Natijada Anvar Berdiyev shogirdlari 55–daqiqada yosh hujumchi Rustamxon Azimovning golidan so‘ng, hisobdagi farqni qisqartirishdi – 2:1.

Shundan so‘ng, yana ustunlikni o‘z qo‘liga olgan “lochinlar”ning navbatdagi hujumidan so‘ng, zaxiradan maydonga tushirilgan yosh hujumchi Ibrohim G‘anixonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Yana bir vaziyatda esa zaxiradan maydonga tushirilgan mahoratli yarim himoyachi Sherzod G‘ulomjonovning darvozadan 25 metrlar chamasi uzoqlikdan amalga oshirilgan jarima zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Natijada hisob o‘zgarishsiz qoldi va mazkur bahsda “lochinlar” 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Manba: "Навбахор" матбуот хизмати
Kiritildi: 21:15, 26.01.2022.
O'qildi: 2276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик