Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Aka-uka bir-biriga qarshi yoxud futboldagi tarixiy uchrashuvlar

Aka-uka bir-biriga qarshi yoxud futboldagi tarixiy uchrashuvlar

Baho:
+ | -

Futbol turli qarama-qarshiliklarga boy. Messi va Ronaldu uzoq vaqt davomida La Ligada bir-biriga qarama-qarshi o‘ynashgan. Bu qarama-qarshilik futbol tarixidagi bovar qilmaydigan o‘yinlardan biri sifatida uzoq vaqt esda qolsa kerak. Balki, tez orada argentinalik va portugaliyalik futbolchilar bir jamoada o‘ynashar yoki ular ishtirokidagi afsonaviy qarama-qarshilikni endi qayta ko‘rmasmiz. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri futbol tarixidagi takrorlanmas va qiziqarli qarama-qarshiliklar haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

Ammo, buyuk Krishtianuni faoliyatining boshida Ronaldo ismli boshqa futbolchi – “so‘yloq” nomi bilan mashhur Luis Nazario bilan ko‘p adashtirishardi. Futbolchilar o‘rtasidagi yosh farqi bor-yo‘g‘i 8 yosh. Agar, braziliyalik sobiq futboli portugaliyalik hamkasbi kabi o‘zining tanasiga ko‘proq e’tibor qilganda, ularning tez-tez to‘qnash kelish ehtimoli ortardi. Ammo, hozirda “so‘yloq” hozir karyerasiga yakun yasagan. Shunday qilib, Ronaldo ismli ikki futbolchi faqat bir marta bir-biriga qarshi o‘ynagan. Ushbu bahs 2005 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, yana bir afsonaviy futbolchi Luish Figu tomonidan uyushtirilgan xayriya o‘yini doirasida bo‘lgan. Portugaliyalik futbolchi hali ham o‘sib borayotgan yulduz edi, braziliyalik esa allaqachon yulduz maqomiga ega bo‘lib ulgurgan edi. O‘sha o‘yinda Nazario ikkita gol urgan.

Futbol tarixidagi yanada qiziqarli qarama-qarshiliklar ko‘pincha “qardoshlik o‘yinlari” bilan mashhur bo‘lgan. Agar, bu klub darajasida bo‘lsa, bunday o‘yinlar juda ko‘p (Ture, Ayyu, Bender, De Yong, Milito, Altintop, Nevil, Ferdinand, Kannavaro, Kuman, Barezi, Kerjakov), ammo biz bu haqida emas, balki xalqaro maydonda bir-biriga qarshi o‘ynagan aka-ukalar haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Futbol olamida unchalik nom qozonmagan Kevin-Prins Baoting Gana bayrog‘i ostida harakat qilsa, “Bavariya” bilan ko‘plab kuboklarni qo‘lga kiritgan va hozirda “Lion” safida o‘ynayotgan Jerom Germaniya terma jamoasining himoya qo‘rg‘onida harakat qilgan. Bu aka-uka 2010 yilgi Jahon chempionati musobaqasida bir-biriga qarshi o‘ynagan. Ushbu bahsda Gana jamoasi germaniyaliklar ustidan 1:0 hisobida g‘olib bo‘lishgan. O‘yinni tomosha qilishga kelgan ularning oyisi esa, bir qo‘lida afrikaliklar, bir qo‘lida nemislar bayrog‘ini ushlagancha bahsni kuzatgan. Tarixiy o‘yinda O‘zilning aniq zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi. Mazkur bahs futbol tarixida ham eng qiziqarli bahs deya futbol muxlislari tomonidan eslanib kelinadi.

Shunga o‘xshash voqea 2016 yilda, aka-uka Jakalar bilan ham bo‘lgan. Yevropa chempionati doirasidagi bahslarda bir-biriga qarshi o‘ynagan aka-ukalarning kichigi Granit Shveysariya terma jamoasida o‘ynagan bo‘lsa, yana bittasi Taulyant esa Albaniya termasi sharafini himoya qilgan. Ularning oilasining hikoyasini alohida kitob qilib yozsa bo‘ladi. Kosovolik muhojirlar bo‘lgan ota-onalar uzoq vaqt davomida mamlakatni tark etishga intilishdi, ammo otasining antikommunistik namoyishlarda qatnashgani uchun qamoq jazosi bu orzuni orqaga surdi. Keyinchalik ular Shveysariyaga qochib ketishdi...

Futbolchilarning ikkalasi ham Shveysariyaning barcha o‘smirlar va yoshlar terma jamoalaridan o‘ynashgan, ammo iqtidorli Granitgina asosiy jamoaga chaqiruv oldi. Taulyant uzoq vaqt o‘ylanib, o‘zining vatani sharafini himoya qilishga qaror qildi. 23 yildan so‘ng ular futbol maydonida uchrashishdi va har bir jamoaning rangida kiyingan ona o‘g‘illarining har ikkisini ham birdek qo‘llab-quvvatladi. Ushbu bahsda Shveysariya 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, lekin aka-uka Jakalar bunga unchalik ahamiyat berishmadi. O‘yin yakunlanganidan keyin butun jahon futbolida tarixiy iz qoldirgan o‘yin hamon muxlislar tomonidan eslanib kelinadi.

Shuni ham qo‘shimcha qilamizki, bu futbolchilarning yana bir a’zoasi futboli hisoblanadi. Agon Jaka Kosovoning kamtarona “Malisheva” klubida o‘ynaydi. Agar, Agon ham ushbu mamlakat terma jamoasida o‘ynasa va hatto o‘z akalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushsa, Jakalar oilasi tarixga kirishi mumkin! 

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 00:11, 28.01.2022.
O'qildi: 2925 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.