«Barselona» Spotify kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Catalunya Radio nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv nafaqat Shvesiya musiqa kompaniyasini «Barselona» liboslaridagi titul homiysi sifatida ko‘radi, balki «Kamp Nou»ni ham «egallashi mumkin».
Bu degani, stadion nomi «Kamp Nou»dan Spotify nomiga o‘zgartirilishi mumkin. Shartnoma kataloniyaliklar rahbariyati xohlaganchalik uzoq muddatli bo‘lmaydi. Ideal sharoitda bunday turdagi tijorat shartnomasi 15 yildan 30 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi.
Ayni damda klub va Spotify o‘rtasida Shvesiya kompaniyasi asosiy jamoa formasining old tomonida va mashg‘ulot libosining orqa tomonidagi joylarda bo‘lishi haqida muzokaralar olib borilmoqda. Ba’zi oshkor qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma bir mavsum uchun 60 milliondan 65 million yevrogacha baholanadi.