Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Aston Villa» «Yuventus» futbolchisi uchun qancha taklif qilgani ma’lum

«Aston Villa» «Yuventus» futbolchisi uchun qancha taklif qilgani ma’lum

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarimhimoyachisi Rodrigo Bentankur «Aston Villa» qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi 24 yoshli urugvaylik uchun 20 million yevro va bonuslar taklif qilgan. Shu bilan birga, Turin klubi Bentankur uchun kamida 25 million yevro olishni istaydi. Bunga sabab «Yuve» haligacha «Boka Xuniors»dan yarimhimoyachining kelajakdagi transferi uchun 30% qarzi bor. Bu 2017 yilda tuzilgan shartnoma bo‘lib, o‘shanda Rodrigo 15,7 million yevro evaziga Turin klubiga o‘tgandi.

Agar Bentankur «Yuventus»ni tark etsa, klubda uning o‘rnini bosish uchun ikkita variant bor. Birinchisi, yana bir urugvaylik Naytan Nandez. Ikkinchi o‘rinda Menxengladbaxning «Borussiya» klubi yetakchisi Denis Zakariya.

Bentankur joriy mavsumda «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:04, 28.01.2022.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик