Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Baxtiyor Ashurmatov: “Farg‘ona viloyati xokimi futbolning haqiqiy jonkuyari”

Baxtiyor Ashurmatov: “Farg‘ona viloyati xokimi futbolning haqiqiy jonkuyari”

Baho:
+ | -

Farg‘ona shahrida “Xokim kubogi-2022” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning asosiy favoriti hisoblangan “Qo‘qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan musobaqada haqida o‘z fikrlarini bayon qilishlarini so‘rab murojaat qildik.

-“ Farg‘ona viloyati xokimi kubogi” musobaqasi mana bir necha yildirki an’anaviy tusga aylanib ulgurdi. So‘nggi yillarda turnirda Qirg‘iziston jamoalari ham ishtirok etishlari natijasida musobaqa  halqaro darajaga chiqib bordi. Farg‘oananing “Neftchi” jamoasi xorij yig‘ini tufayli bu yilgi musobaqada ishtirok eta olmayotgani turnir nufuzini tushirmaydi. Qolgan ishtirokchi jamoalar ham yaxshi raqiblar deb aytishim mumkin.

“Xokim kubogi” musobaqasida jamoamiz eng yuqori maqsadni ko‘zlagan. Biz bu turnirda g‘olib chiqishni istaymiz. Barcha o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarimiz bizni bu turnirda shunchaki ishtirok etadi deb o‘ylashmasin.  Musobaqaning eng foydali tomonlaridan biri jamoamizga yangi qo‘shilgan futbolchilarni maydonda sinab olish imkoni yuzaga keladi.

Shu o‘rinda bu turnirni tashkil qilib berayotgan Farg‘ona viloyati xokimi Xayrulla Xayitboyevich Bozorovga o‘z nomimdan, jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Viloyatimiz xokimi futbolning haqiqiy jonkuyari bo‘lgan inson deb bilaman. U kishining boshchiliklarida viloyatimizda futbol tobora rivojlanib bormoqda. Viloyatimizning ikki jamoasi superliga o‘yinlarida ishtirok etishida ham viloyatimiz rahbarining hissalari juda katta. Xayrulla Xayitboyevich bizning jamoamizga ham befarq emaslar. Bizni doim kuzatib, kerak bo‘lsa moddiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turishibdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumda superliga o‘yinlarida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonchim komil va bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratimizni ishgasolib mehnat qilishga tayyormiz”-dedi Baxtiyor Ashurmatov .

Manba: “Қўқон-1912” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 13:19, 28.01.2022.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.