O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Markaziy Osiyodagi eng kuchli ikki futzal terma jamoalari kimligini aytdi.
"Yaqindagina O‘zbekiston va Qozog‘iston futzal termalari 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida zalga chiqqandi. Birida qo‘shnilarimiz, boshqasida biz g‘olib keldik.
Kecha futzalchilarimiz Fransiya futzalchilariga qarshi zalga chiqib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qozog‘iston termasi esa Yevropa chempionatida Italiya ustidan 4:1 hisobida ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi.
Jamoaviy sport turlaridan muammolarimiz yetarli ekani ma’lum. Ammo gap futzal haqida ketsa, Markaziy Osiyoda 2 ta yaxshi kuch bor: Qozog‘iston va O‘zbekiston. Afsuski, futzal olimpiya sport turlari orasida yo‘q", - deb yozdi Imomxo‘jayev.













