Notice: Undefined index: HTTP_REFERER in /var/www/www-root/data/www/extra-storage/stadion.uz/index.php on line 2
90min. Angliya Premyer-ligasining eng kuchli hujumchilari kimlar ekanini bilasizmi? (top-10)
Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

90min. Angliya Premyer-ligasining eng kuchli hujumchilari kimlar ekanini bilasizmi? (top-10)

90min. Angliya Premyer-ligasining eng kuchli hujumchilari kimlar ekanini bilasizmi? (top-10)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida doimo top darajadagi kuchli hujumchilar harakat qilgan. Tyerri Anri, Alan Shirer Rud van Nistelroy...
Ushbu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirishimiz mumkin. Hatto, hozirgi davrda ham APL raqiblar uchun qo‘rqinch bo‘lgan hujumchilar makoni hisoblanadi. Quyida e’tiboringizga butun dunyo futbol ixlosmandlari tomonidan e’tirof etilgan Premyer-liganing eng yaxshi hujumchilar ro‘yxatini havola etamiz.

10. Maykl Antonio – «Vest Xem»

Qanot himoyachisidan qanot hujumchiligiga o‘tgan, hozir esa markaziy forvard vazifasini bajarayotgan Maykl Antonio APLning ko‘zga ko‘ringan nomlaridan biri sanaladi. Antonio raqib jarima maydonchasi ichida o‘ta yuqori xavf tug‘diruvchi futbolchilar sirasiga kiradi. Shuningdek, u havoda ham yaxshi harakat qiladi. Ayni damda yamaykalik atlet «bolg‘achilar» safida eng muhim figuraga aylanib ulgurgan.

9. Jeymi Vardi – «Lester Siti»

APLda, boshqa Jeymi Vardiga o‘xshash hujumchini topa olmaysiz. Tez-tez himoyachilar bilan to‘qnashishni xush ko‘radigan «tulkilar» vakili, hujumchilik salohiyati bilan dunyoni lol eta olgan. To‘g‘ri, oxirgi vaqtlarda sobiq Angliya terma jamoasi a’zosini jarohatlar qiynab qo‘ydi. Shunga qaramay, bu mavsumda ham Vardi hisobida allaqachon 9ta gol mavjud.

8. Romelu Lukaku – «Chelsi»

Romelu oxirgi paytlarda o‘ta g‘alati fikrlar bildirib, ommani o‘ziga qaratdi. Ha, biz uni «Inter»ni yaxshi ko‘rishini tushunamiz va to‘g‘ri qabul qilamiz. Biroq, u hozirda «Chelsi» vakili va shunga yarasha harakat qilishi kerak. Gollar urishga ancha qiynalayotgan belgiyalikni APLga qaytishi uchun katta mablag‘ sarflandi. Lukaku Angliyaga yanada ulg‘ayib, yaxshiroq bo‘lib qaytib keldi.

7. Xarri Keyn – «Tottenxem»

Keyn uchun ancha notinch kechgan yoz, hujumchining to‘purarlik qobiliyatiga bir qadar ta’sir qildi. Shu sabab uning natijalari hozirda unchalik ham yaxshi emas. U mavsumning bugungi qismigacha 5ta gol ura oldi, xolos. Ammo bu Keynning davri o‘tganini anglatmaydi. Sizlarga sovuqqon «gol mashinasi»ning harakatlarini kuzatishni tavsiya etamiz.

6. Riyad Maxrez – «Manchester Siti»

«Man Siti»dagi hujumkor futbolchilarning iqtidorini e’tirof etish - juda murakkab ish. Negaki, u yerda bir dunyo iqtidorlar va jahon darajasidagi futbolchilar bor. Ular ichidan bu mavsumda porlashni davom ettirayotganlaridan biri bu Maxrezdir. Jazoir terma jamoasi vakilining chap oyoq zarbasini bugun hamma taniydi. Uning gollari ham, harakatlari kabi insonni maftun etadi.

5. Son – «Tottenxem Xotspur»

Ushbu mavsum avvalida Xarri Keynning ketishi bilan bog‘liq xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda, aynan Sonni «Tottenxem»ning eng kuchli vakili bo‘lishi mumkinligini aytgan edik. Ammo u o‘z sherigi bilan hamon davom etmoqda. Yaqinda olingan jarohat hujumchini ancha qiynab qo‘ydi. Shunga qaramay, koreys o‘g‘loni so‘nggi olti mavsumdan beri APLning yulduz futbolchilari qatorida bo‘lib kelmoqda.

4. Diogu Jota – «Liverpul»

Ha, «Liverpul» o‘tgan mavsumda «Vulverxempton»dan qay darajadagi iste’dodli o‘yinchi olayotganini bilar edi. Ammo bunday darajada deb hech kim o‘ylamagan bo‘lsa kerak. Jota allaqachon o‘z natijalarini o‘tgan yillardagidan yaxshilab oldi. Shunga yarasha o‘sishga ham erishdi. Portugaliya terma jamoasi a’zosida hozirga kelib 10ta gol mavjud. Bu hisob esa hali oshiriladi.

3. Sadio Mane – «Liverpul»

Maneda o‘tgan mavsum ancha pasayish kuzatildi. U 11ta gol bilan mavsumni yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Bu esa biz ko‘rib o‘rganib qolgan Mane emasdi. Biroq joriy mavsumdan yana o‘z yo‘lini topib olgan hujumchi, sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Senegallik yigit ayni damda Afrika Millatlar kubogida porlashni davom ettirmoqda.

2. Ronaldu – MYU

Ayni paytga qadar futbol afsonasi uchun mavsum o‘ta yuqori darajada o‘tayapti deya olmaymiz. Biroq, Krishtianuning shu yoshida APLga o‘tishini katta jasoratga yoyish mumkin. Ha, hujumchi oldingiday emas – vaqt o‘z kuchini ko‘rsatadi! Ronaldu pressingda faol qatnashmasada, ammo old chiziqda hamon o‘z ishini qilmoqda. U gollar urib, muxlislarini xushnud etishda davom etadi.

1. Muhammad Saloh – «Liverpul»

Birinchi o‘rin borasida hech qanday e’tirozlarga o‘rin yo‘q, shundaymi? Muhammad Saloh 2017 yilda «Roma»dan xarid qilingan edi. U shundan buyon yildan-yilga faqatgina yaxshi tomonga o‘zgardi. Misrlik hujumchi mersisaydda har qanday turdagi gollarni urib ulgurdi. Yulduzlikning cho‘qqisiga ham Muhammad, aynan «Liverpul»da chiqa oldi. Bugungi kunda esa APLda unga yetadigani yo‘q. U jamoasini yetakchi qilishni istaydi. Shu bahonada esa, o‘zini to‘purarga aylantirib olmoqda. U shaksiz birinchi o‘ringa mutlaqo munosib nomzod!

 

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:58, 29.01.2022.
O'qildi: 2749 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.