Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

14 millon dollarlik saroy, Mayamidagi 1000 kvadrat maydonlik uy. Shahzoda Uilyamga qo‘shni bo‘lgan Bekxemning qancha boyligi bor?

14 millon dollarlik saroy, Mayamidagi 1000 kvadrat maydonlik uy. Shahzoda Uilyamga qo‘shni bo‘lgan Bekxemning qancha boyligi bor?

Baho:
+1 | -

Devid va Viktoriya Bekxem 20 yildan beri totuv yashab kelmoqda. Hosirda ularning to‘rt nafar farzandi bor. Vaqti-vaqti bilan oila boshlig‘ining xiyonati haqida mish-mishlar paydo bo‘lishiga qaramay, er-xotin ajrashishni hayoliga ham keltirishmaydi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ular ko‘p million dollarlik boylikka va butun dunyo bo‘ylab hashamatli uy-joyga egalik qiladi. Shu sabab biz sizlarga ushbu oila qayerda va qanday yashayotganini haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

14 millionlik saroy

Bekxemning uyi Angliyaning Kotsuolds hududidagi, Chipping Norton shahri yaqinida joylashgan. Uy 2016 yilda 7 million yevroga sotib olingan. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda uning narxi 14 million yevroni tashkil etadi. Er-xotinning qo‘shnilari qirollik oilasi a’zolari, aktyor Jorj Kluni, supermodel Keyt Moss va boshqalar hisoblanadi.

Oila yaqinda uyni katta ta’mirdan o‘tkazdi. Hozirda uyning yonida basseynlar, bog‘lar, kuzatuv maydonchasi bo‘lgan futbol maydoni va er osti tunneli orqali boriladigan garaj qurilgan. Uyda alohida yoga xonalari, yugurish yo‘lakchasi bo‘lgan sport zali ham mavjud. Shuningdek, pianino bilan jihozlangan musiqa xonasi ham bor. Devid barbekyuni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha bolalar bilan uyda ovqat pishiradi.

Bekxemlar asalarichilikni yaxshi ko‘radilar, o‘zlari sabzavot yetishtirishadi va qishga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Yaqinda er-xotin qasr yonidan ko‘l qazishga qaror qilishdi. Qo‘shnilar sukunatni buzish va suv toshqini xavfini oshirishdan xavotirga tushib, norozilik bildirishdi. Biroq, mahalliy amaldorlar, agar suvda motorli qayiq ishlatilmasa, ularning g‘oyasini ma’qullashdi.

 

Mayamidagi Bentxaus

Bekxem “Inter Mayami” futbol klubini sotib olgandan so‘ng, ular ko‘p vaqtini Los-Anjelesda o‘tkazadi, shuning uchun uning bu yerdan uy sotib olish zarur edi. Pentxaus 2019 yilda xarid qilingan. Bu okean sohilidagi turar joy hisoblanadi. Avvaliga, Devid va Viktoriya mulkni 49 million dollarga sotib olgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, ammo keyinchalik bu ma’lumot rad etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular atigi 24 million dollar evaziga bu uyni o‘ziniki qilgan. Bitim Devidning “Beckham Brand Limited” kompaniyasi nomidan tuzilgan.

Uy Zaha Hadid arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan hashamatli “One Thousand Museum” turar-joy majmuasida joylashgan. Muallif tomonidan o‘ylab topilgan bino proyekti zamonaviy futuristik uslubda nostandart shaklga ega. Binoda bor-yo‘g‘i 100 ta xonadon bo‘lib, ularning ba’zilari ko‘p qavatli uy hisoblanali. Juftlik eng qimmat pentxausni tanladi, ularning kvartiralari 62-qavatni hamma joyini egallaydi, umumiy maydoni 1000 kvadrat metr. Yulduzli oilaning kvartirasida beshta yotoqxonasi, yettita hammom va deyarli futbol maydoni kattaligidagi keng maydon mavjud.

Kvartiralar kulrang va oq ranglarda bezatilgan. Baland shiftlar nemis sanoat dizayneri Ulim Petsold tomonidan ishlangan yoritgichlar va buyurtma qilingan italyan mebellari bir-biriga mos kelgan. Devor va xona bo‘linmalarida osmono‘par binoning tashqi ko‘rinishidagi egri chiziqlari mavjud.

Barcha kvartiralarda umumiy foydalanish joylari mavjud. Masalan, uyingizda vertolyot maydonchasi, basseyn, sport zali va kinoteatrga. Shuningdek, shaxsiy xavfsizlik, majlislar xonalari, hashamatli restoranlar, seyflar va kvartiralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega shaxsiy liftlar mavjud.

Devid Bekxemning matbuot kotibi shunday dedi: “Yangi “Inter Mayami” futbol klubining ishga tushirilishi bilan u o‘z vaqtining katta qismini Mayamida jamoa bilan o‘tkazishi aniq. “One Thousand Museum”  chinakam noyob bino va biz uning bir a’zosiga aylanish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandmiz”.

 

Los-Anjelesdagi saroy

Er-xotin bir necha yillardan beri Los-Anjelesdagi hashamatli saroyga egalik qilishadi. U shaharning eng nufuzli hududida joylashgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, saroyning o‘zi 20-asrda qurilgan. 

Saroyda 123 ta xona mavjud: ko‘plab yashash xonalari, yotoq xonalari, hammom, banket zali va hatto raqs xonasi ham bor. Hududda basseyn, sport maydonchasi, bir nechta garaj va avtoturargoh ham mavjud. Kinodagidek saroyga kiraverishda ulkan yoritilgan favvora bor.

Dizaynda oq va ochiq ranglardan, bezatishda yog‘och va marmardan foydalanilgan. Ichkarida qirollik uslubidagi juda ko‘p zamonaviy mebellar mavjud.

Malibudagi villa

Er-xotinning Tinch okeani sohilida hashamatli villasi ham bor. Xona beton va shishadan yasalgan. Uyda ulkan panoramali derazalar mavjud bo‘lib, ular tabiiy 3D-dekor effektini yaratishgan va rang-barang quyosh botishi va quyosh chiqishi ko‘rinishini tasvirlaydi. Hududda turli yoritgichli suzish havzasi, dam olish uchun alohida maydon mavjud. Villa yuqori texnologiyali uslubda qurilgan.

Birinchi qavatda yashash xonasi, ovqatlanish xonasi va oshxona mavjud. Ikkinchi qavat yettita yotoqxonadan iborat. Villada yana to‘qqizta hammom mavjud. Bezatish tabiiy tosh va yog‘ochdan qilingan. Saroyda suzish havzasi ham mavjud.

 

Er-xotin yashagan joyi qayerda?

Ehtimol, “Bekxemgen saroyi” Bekxemlar oilasining eng mashhur saroyi.

Uy Kensington saroyi yonida joylashgan bo‘lib, u yerda shahzoda Uilyam rafiqasi Keyt Middlton bilan yashaydi. Mulkni ta’mirlash 10,5 million dollarga tushdi. Er-xotin oddiy uyni juda zamonaviy saroyga aylantirdi. Uni ta’miriga taniqli dekorativ Rose Uniak yordamidan foydalangan. Bezatish zamonaviy ingliz uslubida qilingan.

Uyda er-xotinlar sartaroshxona, manikyur va pedikyur uchun xona qilishgan. Muxlislar Viktoriya poyabzalning katta muxlisi ekanligini bilishadi, shuning uchun styuardessaning keng kolleksiyasi uchun alohida xona ajratilgan. Ammo asosiysi, har bir xonada musiqa tinglash uchun ovoz tizimi o‘rnatilgan. Har bir hammomda suv o‘tkazmaydigan televizorlar mavjud. Uy yaqinidagi bog‘ ham yangi texnologiyalar bilan jihozlangan: unda kondisioner o‘rnatilgan.

Er-xotinning Beverli-Xillzda ko‘chmas mulki ham bor edi, biroq ular ushbu mulkni 2018 yilda 33 million dollarga sotishgan. Devid Bekxem Dubaydagi Palm-Jumeyra sun’iy arxipelagida joylashgan uyini Viktoriyaning ota-onasiga sovg‘a qildi. Bu qasr palma bargiga o‘xshaydi. Bekxem uni 2002 yilda 1,6 million dollarga sotib olgan. Bugungi kunga kelib, bu miqdor 16 million dollarga oshgan. Shuningdek, oila Fransiyada Kot-d’Azurda joylashgan villasiga egalik qilishgan, biroq ular ushbu uyni 70 foizlik chegirma bilan 2,75 million yevroga sotishgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Kiritildi: 12:14, 30.01.2022.
O'qildi: 6369 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.