Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

"Navbahor" Sardor Rashidovning transferi borasidagi mish-mishlarni rad etdi

"Navbahor" Sardor Rashidovning transferi borasidagi mish-mishlarni rad etdi

Baho:
+ | -

2022 yilning 29 yanvar kuni futbolga ixtisoslashgan ayrim nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda futbolchi Sardor Rashidov o‘rtasida 300 ming dollarlik og‘zaki kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan, “Navbahor” PFK Sardor Rashidovga taklif qilingani aytilayotgan summa bilan bog‘liq ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi.

Sir emaski, bugungi kunda “Navbahor” jamoasi to‘g‘risida sport nashrlarida juda ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Bunday pallada esa ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, futbol jamoatchiligidan jamoamiz bilan bog‘liq axborotlar bo‘yicha xulosa chiqarish yoki ularni e’lon qilishdan avval “Navbahor” PFK rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan, shuningdek, klubning rasmiy vakillari tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rishlarini samimiyat bilan so‘rab qolamiz.

Hozirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzaqovning bevosita qo‘llab-quvvatlashi asosida, “Navbahor” PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi tomonidan yangi – 2022 yilgi mavsum uchun qo‘yilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Seleksiya ishlari va transferlar masalasi shular jumlasidan, qolaversa, “Navbahor” infratuzilmasini tubdan shakllantirishga ham juda katta e’tibor berilmoqda. Albatta, qilinayotgan bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Navbahor” brendini qayta jonlantirish, shuningdek, Namangan futbolining shonli davrini tiklashdan iboratdir.

Shunday ekan, “Navbahor” PFK futbol jamoatchiligidan jamoamiz bilan bog‘liq turli noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘rab qoladi.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 16:55, 30.01.2022.
O'qildi: 3286 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.