Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Barselona”ga “kambek” qilgan Traore yoxud Adamaning qaytishi qanchalik to‘g‘ri?

“Barselona”ga “kambek” qilgan Traore yoxud Adamaning qaytishi qanchalik to‘g‘ri?

Baho:
+ | -

Yanvar oyidagi transfer oynasi oxirida “Barselona” “Vulverxempton” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Adama Traorening transferini amalga oshirdi. Shartnomada kataloniyaliklar futbolchining to‘liq sotib olish opsiyasi bilan mavsum oxirigacha ijara asosida tuzilgan bo‘lib, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ispan klubi 30 million yevro va turli bonuslar bilan 40 million yevroa trofida to‘laydi.

Bir tomondan, qishda o‘z tarkibini yaxshilash har qanday murabbiy, ayniqsa og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan jamoa uchun hamisha ijobiy holat. Ammo boshqa tomondan Traorening bu transferi Xavi va “Barselona” uchun to‘g‘ri qaror bo‘lmasa kerak. Va buni tasdiqlash uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta omillar mavjud...

Avvalo, aytib o‘tish joizki, dastlab “Barselona” rahbariyati tajribali futbolchi sotib olishni maqsad qilgan edi. Yil boshida turli manbalar “ko‘k-anorrangilar” “Yuventus” hujumchisi Alvaro Moratani ijaraga olishga yaqin ekanligi xabar qilingan. To‘g‘ri, bu holatda kataloniyaliklar nafaqat Italiya klubi, balki “Atletiko” rahbariyati bilan ham muzokara olib borishlari kerak edi, chunki Morataning shartnomasiga hamon madridliklar egalik qiladi va u A seriyada ijara asosida o‘ynaydi.

Traore “Barsa”ning qishdagi ikkinchi xaridi hisoblanadi. Jumladan, klub avvalroq 55 million yevroga “Manchester Siti” futbolchisi Ferran Torresni xarid qildi. Xavi qanot futbolchilarini sotib olishga jiddiy urg‘u berilganini inobatga olsak, klubning mavsumning qolgan qilsmida ko‘proq qanot tomondan hujum uyushtirilishini taxmin qilish mumkin.

Bu shuni anglatadiki, Adama ham murabbiyning sxemalariga mos keladi va u 26 yoshli tezkor, jismoniy baquvvat sportchini qayerda va qanday ishlatishini biladi. Bu, ayniqsa, Ansu Fatining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar va Usmon Dembele atrofidagi o‘ta tushunarsiz vaziyat fonida to‘g‘ri qaror.

Lekin nima uchun “Barselona” bir transfer oynasida ikkita o‘ng qanot himoyachisini qo‘lga kiritdi? Chunki, jamoada ularday yuqori sifatli markaziy hujumlar deyarli yo‘q. Na Lyuk de Yong, na Martin Breytveyt, na Memfis Depay bu rolni bajara olmaydi. Ammo, Xavi endi amalda qanot yarimhimoyachilari orqali ushbu “teshikni” yopishga harakat qilib ko‘radi.

Ammo, Traorening qaytishi Kataloniya klubining transfer siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganini yana bir bor ko‘rsatib turibdi. Sababi, “Barselona” yana o‘zi tarbiyalagan futbolchisini ortga qaytarmoqda. Agar, Erik Garsiya bilan bog‘liq vaziyatda biz bunday kelishuv bo‘yicha moliyaviy jihatdan hech narsa yo‘qotmagan deb aytishimiz mumkin bo‘lsa, Traoreni xarid qilish uchun klub yaxshigina pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 2015 yilning avgustida Adamani 10 million evaziga “Aston Villa”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lib, oradan 7 yil o‘tib uni 30 million yevroga sotib olinmoqda va bu kataloniyaliklarning transfer siyosati ancha sust ishlayotganini bildiradi.

 

Albatta, “ko‘k-anorranglilar” lageridan boshqa klubga o‘tib, yuqori darajadagi futbolni ko‘rsata olgandan so‘ng, uni ortga qaytargani uchun “Barselona” rahbarlarini qoralash mutlaqo to‘g‘ri emas. Qolaversa, klub rahbariyatida ko‘p odamlar o‘zgardi va Traorening ketishini hech qanday holatda boshqalar bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Ammo, jamoaning qiyin holatida yaxshigina pul sarflab, Traoreni sotib olish qanchalik to‘g‘ri?!

Albatta, Traore mavsumning ikkinchi qismida “Barselona” yetakichlaridan biriga aylanib, bu maqola muallifini uyaltirib qo‘yishi mumkin, ammo Kataloniya klubi transfer siyosatida to‘g‘ri yo‘l tutishi va yetakchi futbolchilar bilan shartnoma imzolash imkoniyati paydo bo‘lsa, ikkilanmasligi kerak.

Biroq so‘nggi yillarda “Barselona” o‘z muxlislarini deyarli har ikkinchi yoki uchinchi transferdan birini xato deb atash mumkinligiga ko‘nikib ham qolganmiz. 

Kiritildi: 15:40, 31.01.2022.
O'qildi: 3663 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.