Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘FA hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida Memorandum imzolandi

O‘FA hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida Memorandum imzolandi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida ushbu tashkilot rahbariyati hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar ilmiy, o‘quv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatlari, xalqaro hamkorlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ma’ruza-seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuvda mutaxassis va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni mashg‘ulotlarga jalb etish, universitetning iqtidorli talabalari orasidan isteʼdodli futbolchilarni saralab olish, hakam, seleksioner va murabbiylikka iqtidori bor yoshlarga ta’lim berish va sohaga jalb etish borasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, suhbat davomida futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy-metodik va innovasion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi ham faoliyat ko‘rsatayotganligi, kelishuv ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi.

Universitetning “Futbol” kafedrasi professor-o‘qituvchilarini assosiasiyaning xalqaro o‘quv kurslariga murabbiylar ta’limi bo‘yicha instruktor yoki instruktor assistenti sifatida jalb qilish va tinglovchilarning bilimlarini takomillashtirish maqsadida futbolga zamonaviy, ilmiy-tahliliy materiallar joriy etish, ular ustida birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘FA hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda futbolni aholi orasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, universitet talabalaridan yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qiladi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 18:03, 01.02.2022.
O'qildi: 1309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.