Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol bilan professional tarzda shug‘ullanmagan, ammo katta muvaffaqiyat qozongan murabbiylar (top-10)

Futbol bilan professional tarzda shug‘ullanmagan, ammo katta muvaffaqiyat qozongan murabbiylar (top-10)

Baho:
+ | -

Turli sabablarga ko‘ra sportchi bo‘la olmagan ko‘plab bolalar bor. Ammo, ularning ba’zilari borki, futbol bilan professional tarzda shug‘ullanmagan bo‘lsa-da, yetuk murabbiyga aylanib, o‘z jamoasi bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Futbolni sevsang, bilsang va tushunsang, mazkur sport turining ichida bo‘lishingga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Azaldan, futbol bilan professional tarzda shug‘ullanmagan murabbiylar unchalik hurmatga sazovor bo‘lmaydi, degan fikr bor. Ammo, shunday mutaxassislar borki, kasbi boshqa bo‘lsa-da, futbol tarixida o‘z nomini qoldira olgan va qoldirishda davom etmoqda. “Stadion.uz” nashri hozir aynan shu kabi murabbiylar haqida hikoya qiladi.

Joze Mourinyo


Garchi, juda ham muvaffaqiyatli bo‘lmagan bo‘lsa-da, Mourinyoning otasi futbolchi bo‘lgan. U hatto Portugaliya terma jamoasi safida bitta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurgan. Joze ham professional futbolchi bo‘lishni xohlagan va unchalik mashhur bo‘lmagan klublar tarkibida biroz o‘ynadi, lekin u hech qachon top darajadagi futbolchi bo‘lmasligini tushundi. Shundan keyin  o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qildi. U bu kasbni asta-sekin o‘rgana boshladi. Avvaliga Joze ko‘plab murabbiylarga, jumladan Bobbi Robsonga yordamchi bo‘lib ishlagan. Keyin esa o‘zi bosh murabbiy sifatida faoliyatini boshlagan va o‘z jamoalari bilan Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida g‘olib chiqishni boshladi. Ikki marta Chempionlar ligasini zabt etishni uddaladi. Ko‘pchilik uning murabbiylik qarorlarini g‘alati deb ataydi, lekin mutaxassining salohiyatini Mourinyo yutgan sovrinlar ko‘rsatib turadi.

 

Andre Villash-Boash

Villash-Boash 17 yoshida futbol o‘ynashni juda xohlardi, lekin...
Bobbi Robson uning isagini payqab qoldi va fubolchi bo‘la olmasligiga ko‘zi yetagan bolakayni futbol murabbiyi bo‘lishi uchun barcha sharoitni yaratib berdi. Natijada Villash-Boash 19 yoshida murabbiylik lisenziyasini oldi va Joze Mourinyoning yordamchisiga aylandi. U faqat 32 yoshida mustaqil ravishda ishlay boshladi va “Portu” boshchiligida Yevropa ligasida g‘alaba qozondi. Biroq, “Chelsi” va “Tottenxem”da uning ishlari unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Shundan so‘ng, “Zenit”, “Marsel” va Xitoy klublarida faoliyat olib bordi.

 

Xorxe Sampaoli

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, argentinalik murabbiy yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin edi, ammo yoshligida olgan jarohatlari bunga xalaqit bergan. Keyin u universitetga o‘qishga kirib, diplom oldi va Argentinaning o‘rta darajadagi klublarida murabbiy sifatida shug‘ullana boshladi. Keyin murabbiy “Universidad de Chili” jamoasida ishladi va bu jamoa bilan uchta chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyatlar ko‘zga tashlandi va Sampaoliga Chili terma jamoasi ishonib topshirildi. Xorxe bu yerda ham muvaffaqiyat qozondi - 2015 yilda jamoa tarixda birinchi marta qit’a chempioniga aylandi. O‘shandan keyin“Sevilya”da faoliyat olib bordi va andalusiyaliklar bilan La Ligada 4-o‘rinni egalladi. Shundan keyin Argentina terma jamoasida ishladi va muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Hozirda u “Marsel” bilan Liga—1 chempionaida faoliyaini daavom ettirmoqda.

 

Rafael Benites

To‘g‘risini aytaylik: Rafael yoshligida juda yaxshi futbol o‘ynagan: u “Real Madrid”ning o‘zi farm-klubida o‘ynagan. 1979 yilda esa Ispaniya terma jamoasi tarkibida Mexikodagi Universiadaga ham bordi. U yerda jiddiy jarohat olgan sobiq futbolchi karyerasini yakunlashga majbur bo‘ldi.SHundan keyin u murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qildi. Benites “Valensiya” va “Liverpul” kabi jamoalarda qozongan g‘alabalari alohida e’tiborga molikdir.

 

Yulian Nagelsmann

Bu murabbiy ham futbol o‘ynashga harakat qildi, ammo tizzasidagi jarohat yigitchaning orzusiga barham berdi.  Shu sabab Yulian ham murabbiylik qilishga qaror qildi. 28 yoshida u quyi ligaga tushib ketish arafasida turgan “Xoffenxaym”ni boshqarib, Bundesliga tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi. Nagelsmann jamoani qutqarib qoldi va keyingi yili klub Bundesligada sensasion tarzda 4-o‘rinni egalladi. Ko‘p o‘tmay, umidli murabbiy “Leypsig”ni qabul qilib, Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqdi. Hozirgi kunda esa “Bavariya” bilan yuqori natijalarni mo‘ljallagan.

 

Maurisio Sarri

Juda qiziqarli biografiyaga ega bo‘lgan inson. Avvaliga u velosiped haydashni yaxshi ko‘rardi. Keyin u futbol bilan shug‘ullanishga qaror qildi, lekin u yerda ham hech narsani qoyillatmadi. Shundan so‘ng, bank sohasida ishlashga qaror qildi.  Ammo, kutilmaganda, unga Italiyaning oltinchi (!) divizioni futbol jamoasidan taklif tushadi va barcha ishini tashlab, ushbu jamoa bilan ishlashga qaror qildi. Biroq, uning katta jamoalardagi faoliyati ancha kech boshlandi. Sarri faqatgina,  55 yoshida bo‘lgan payt “Empoli” bilan A seriyada debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Keyin esa “Napoli”, “Chelsi” va nihoyat “Yuventus” bilan ishladi.Barchasi sabr va mehnat tufayli edi yoki xato fikrmi?

 

Karlush Keyrush

Bu murabbiyo‘z vaqtida “Manchester Yunayted”da Aleks Fergyusonning yordamchisi bo‘lib ishlagan. Ingliz klubi o‘shanda jahon futboli yetakchilari qatorida edi. Ko‘rinishidan, bu “Real Madrid” rahbarlarini Keyrushni bosh murabbiylikka taklif qilishga majbur qilgan. Sarguzasht omadsiz tarzda yakunlandi: “qirollik klubi” chempionat turnir jadvalida kuchli uchlikka ham kira olmadi. Keyin Keyrush Birlashgan Arab Amirliklari, Eron va JAR terma jamoalariga ustozlik qilgan. Hozirda u Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi bilan Afrika kubogida qatnashmoqda.

 

Brendan Rojers

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu murabbiy bir vaqtlar futbol bilan professional tarzda shug‘ullangan, biroq tizzasidagi muammolar tufayli futbolchilik faoliyatini 18 yoshida yakunlashga majbur bo‘lgan. U “Liverpul”da ko‘plab muvaffaqiyatlar qozongan. Keyinchalik esa “Seltik” bilan Shotlandiyada uch marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Lester Siti” bilan Angliya kubogida ham g‘olib chiqqan. Hozirgi kunda ham Rojers “tulkilar” ustozi hisoblanadi.

 

Leonardo Jardim

Jardimni havaskor darajada futbol o‘ynagani haqida ma’lumot yo‘q. Ammo, u murabbiylik faoliyatini 27 yoshida boshlagani ma’lum. 2011 yilda u Portugaliyaning “Brag” klubini boshqargan. U jamoaning o‘yinni keskin tarzda yaxshilab, chempionatda 3-o‘rinni egalladi, ammo rahbariyat bilan kelishmovchilik tufayli Leonardo u yerdan ketishga majbur bo‘ldi. Uning keyingi jamoasi Gresiyaning “Olimpiakos” klubi bo‘ldi va u yerda 17 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani qo‘lga kiritdi, ammo janjalkash portugaliyalik tez orada bu jamoani ham tark etdi. Keyin “Sporting” va “Monako” jamoalarida ham yaxshi davrlarni o‘tkazdi.

 

Domeniko Tedesko

Domenikoning sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha bakalavr darajadagi va innovasiyalarni boshqarish bo‘yicha magistr darajasi diplomi borligini hamma ham bilmaydi. Bir mavsumda “Spartak”ni Chempionlar ligasiga qaytargan murabbiyning salohiyati juda yuqori baholandi. Yoshligida u ham futbol o‘ynagan, ammo Domeniko o‘ynagan jamoalarning barchasi havaskor bo‘lgan. Uning otasi nashriyotda ishlagan va o‘g‘lining sportga bo‘lgan qiziqishini unga unchalik ma’qul kelmagan. Shu sabab Tedeskoni o‘zining kasbini o‘rgatishga qaror qildi. Ammo, keyin Domenikoning futbolga bo‘lgan muhabbat baribir kuchayib ketdi. Hozirda u Germaniyaning “Leypsig” klubi ustozi hisoblanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:03, 01.02.2022.
O'qildi: 2722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.