Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Sukut ko‘rinishida rahmat!

Sukut ko‘rinishida rahmat!

Baho:
+ | -

Joriy mavsum boshida, aniqrog‘i, Ispaniya La-Ligasi 8-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Barselona»ni tor-mor keltirdi - 2:0. Savol tug‘iladi: nega to‘satdan aynan shu uchrashuv yodga olinyapti? Gap shundaki, Madriddagi bahsda bosh qahramon bo‘lgan Luis Suares (urugvaylik futbolchi avvaliga Toma Lemar goliga assistentlik qilgan, keyin raqib darvozasini o‘zi ham nishonga olgandi) ijobiy xatti-harakati bilan e’tibor markaziga tushgandi. Ya’ni asovroq tabiatli hujumchi Kataloniya klubi bilan yomon xayrlashganiga qaramay, o‘z golini ham, g‘alabani ham alohida nishonlamagandi. U bu bilan sobiq jamoasiga sukut ko‘rinishida rahmat yo‘lladi. Eng qizig‘i, Luis Suares yana bir sobiq jamoasi - «Liverpul» darvozasiga urgan dastlabki golini nishonlashdan tiyilmagandi. Umuman olganda, zamonaviy futbolda top darajadagi o‘yinchilarning sobiq jamoalari darvozasiga urilgan goldan keyin xursandchilik qilmasliklari urfga aylanib ulgurdi. Bu hurmat belgisi, albatta.

* Krishtianu Ronaldu mavsum-2012|2013da «MYU» darvozasiga 2ta gol urdi va har ikkisini nishonlamadi. O‘shanda «Real» CHL 1|8 finalida «Yunayted» bilan to‘qnash kelgandi. Hammasi - ser Aleks Fergyusonga hurmat ifodasi.

* Krishtianu Ronaldu va «MYU» yo‘llari 2018 yili ham kesishdi - bu vaqtda Fergi «qizil iblislar» boshqaruvida emasdi. Shuning uchunmi, Krishtianu bu gal golni effekt­li tarzda nishonladi - tribunalarga mukammal mushaklarini ko‘rsatdi.

* Krishtianu Ronaldu CHLda sobiq klublaridan faqat «MYU» emas, balki «Spor-ting» darvozasini ham ishg‘ol qilgan. 2017|2018 yillar mavsumida Krish ilk jamoasiga qarshi bahsda jarima zarbasidan chiroyli gol urdi va sukut saqlashni ma’qul ko‘rdi - u avvaliga qo‘llarini yuqori ko‘tardi, keyin darhol tushirib, uzr so‘ragandek bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz keyinchalik o‘z xatti-harakatini chiroyli so‘zlar yordamida ifodaladi: «Aynan shu klub tufayli hozirgi holatdaman».

* To‘g‘ri, Krishtianu Ronaldu 2008 yili boshqacha o‘ylardi: «Sporting» darvozasi tomon yo‘llangan ideal jarima zarbasidan so‘ng dabdabali yuz ifodasini ko‘rsatgandi.

* Muhammad Saloh ham ikki holatda golini nishonlamadi: misrlik futbolchi avvaliga APLda «Chel­si»ga qarshi bahsda sukut saqladi.

* Ikkinchi holat CHLdan o‘rin olgan «Roma» bilan olishuvda kuzatildi. O‘shanda Muhammad Saloh go‘yoki, Roberto Firmino ortiga yashirinib oldi...

* Eng dramatik voqea Frenk Lempardga taalluqli, albatta. U zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin­ning eng oxirgi lahzalarida «Chelsi» darvozasini ishg‘ol qildi. Tabiiyki, Frenk «aristokratlar»ga hurmat belgisi o‘laroq, jim turdi.

* Yana «Chelsi» afsonalari haqida: Fernando Torres CHL-2013|2014 yarim finalida «Atletiko» darvozasiga yo‘l topdi. U qur’adan ke­yinoq gol urgan taqdirida ham, uni nishonlamaslikka so‘z bergandi. Torres va’dasiga xilof ish tutgani yo‘q.

* Robin van Persi «MYU» safidagi ilk gollaridan birini «Arsenal» darvozasiga yo‘lladi. Albatta, hech qanday nishonlash harakati yo‘q.

* To‘g‘ri, Robin van Persi keyingi mavsum «Arsenal» muxlislari nafratiga javoban o‘z golini risoladagidek nishonladi.

* «MYU»dan yana bir misol: «Vest Xem»da ijara muddatini o‘tagan Jessi Lingard 16ta o‘yinda 9ta gol va 5ta samarali uzatma qayd etish asnosida faoliyatini qayta izga soldi. Keyin «Yunayted»ga qaytdi va «bol­g‘achilar» darvozasiga urgan golini nishonlagani yo‘q.

Eng qizig‘i, nishonlanmagan gollar haqidagi hikoyaga terma jamoalar futbolidan ham misollar keltirish mumkin.

* Antuan Grizmann Urugvay termasi darvozasiga gol urib, sukut saqladi. Zero, Fransiya milliy jamoasi vakili Urugvay madaniyatini yaxshi ko‘radi. Antuan ko‘pincha bir tomondan urugvaylik ekanligini yashirmaydi. Qolaversa, «Real Sosyedad»da Grizmanni kashf etgan murabbiy Martin Lasarte urugvaylik, yana «Atletiko» afsonasi Diyego Godin ham.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:32, 02.02.2022.
O'qildi: 3436 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.