Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

PFL direktori AGMK haqida fikr bildirdi

PFL direktori AGMK haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Bugungi AGMK avvalgilaridan tubdan farq qilishini aytish kerak. Olmaliq KMK AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov sportga befarq bo‘lmagan, uni yaxshi tushunadigan va albatta sport bilan birga ilmni ham bir vaqtda olib borish kerak, deb hisoblaydigan inson. Shu sababli AGMK yaxshi futbol akademiyasi tashkil etish ishlarini boshlagan. Bu borada klub vodiy, poytaxt hamda Angren, Ohangaron kabi shaharlarni bog‘laydigan juda muhim ko‘prik bo‘lishi mumkin. Geografik jihatdan Olmaliq shunday joyda joylashgan.

AGMK futzal va ayollar futboli rivojiga eng katta hissa qo‘shayotgan klub. Futzalda bir necha yillardan buyon yetakchi ekanini bilasiz. Ayollar futbolida esa faqatgina AGMK hatto farm-klubiga ham ega. Bejizga klub bosh murabbiyi 2021 yilda eng yaxshi ayollar murabbiyi bo‘lmadi. Uning shogirdlari Turkiya kabi ligalarga yo‘l oldi.

Asosiy tarkib masalasida AGMK ketma-ket ikki yil sovrinli bo‘ldi. Garchi 2021 yil xalqaro maydondan chetda qolgan bo‘lsa-da, aynan o‘sha yil xalqaro maydonda tarix ham yozdi. Va bu besamar ketmadi. Tojikistonning Istiqlol klubi bilan ikki bor bellashib, o‘zining ayrim pozisiyalarini shu jamoa yetakchilari orqali to‘ldirishga ham ulgurdi.

Oldinda AGMK stadion projektorini yanada yaxshilashi va 2023 yilgi mavsumga qadar yangi va sifatli maysaga ega bo‘lishi kerak. Klub buning ustida ishlayapti. Uning oldiga iyun oyiga qadar projektorlarni talab qilingan minimum ko‘rsatkichga keltirish vazifasi qo‘yilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:24, 02.02.2022.
O'qildi: 1411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик