Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

«90min». APLda yuz bergan yanvar oyining eng qaynoq voqealari

«90min». APLda yuz bergan yanvar oyining eng qaynoq voqealari

Baho:
+ | -

Garchand koronavirus xavfi hali ketmagan, hammada xavotir saqlanib turgan bo‘lsa ham, futbol davom etmoqda. O‘tgan oy bir nechta katta transferlar bilan yodimizda qoldi. Ayni vaqtda Angliya Premyer-ligasi ham davom ettirildi hamda voqealarga boy o‘tdi. Kutilmagan kombeklar, chiroyli gollar, dron bilan bog‘liq tartibsizliklar, chiroq o‘chib qolishi – bularning bari aynan APLda yuz berdi. Quyida sizga shu va shu kabi voqealarning eng yaxshi o‘ntaligini tortiq etamiz.

10. «Norvich» Benitesning «Everton»dagi faoliyatini tugatdi

Rafael Benites yanvar oyida ishidan ayrilgan ikkita APL menejeridan biri sanaladi. U mehmonda «Norvich»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygach, o‘z vazifasidan ozod etilgan edi. O‘sha o‘yinda Maykl Kinning avtogoli hammasini ramzan ifoda etdi. «Everton» ichidagi muhit buzilgandi. Richarlisonning akrobatik zarbalari ham Benitesni qutqarib qola olmadi.

9. De Bryuyne «Chelsi»ga qarshi fenomenga aylandi

Barcha muxlislar Kevin De Bryuynening yaxshi davrlari ortda qoldi deb o‘ylayotgan edi. Chunki jarohatlar mohir belgiyalikni ancha toliqtirib qo‘ygandi. Shunga qaramay, u o‘zining sobiq klubiga qarshi super daraja ko‘rsata oldi. Uning sensasion goli jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shuning bilan birga gol chiroyli tarzda kiritildi.

8. Xarrison «bolg‘achilar»ni bolg‘aladi

Jek Xarrison bu mavsum davomida atigi beshta gol urgan. Ammo shulardan uchtasi «London stadioni»da, «Vest Xem»ga qarshi kiritildi. Sobiq «Manchester Siti» hujumchisi Marselo Byelsaning qiynalayotgan jamoasiga uch ocho taqdim etdi va turnir jadvalidagi holati yaxshilanishini ta’minladi. Bu mavsum fantastik o‘yinlar ko‘rsatayotgan «Vest Xem» esa o‘z uyida jazolandi. Xet-trik muallifiga aylangan Xarrison, o‘yin qahramoniga aylandi.

7. Uord-Provsning «bo‘rilar» makonida qilgan sehri

«Sautgempton» aslida «Vulverxempton» uyida imkoniyatni boy berayotgan edi. Yanvar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda bitta esda qolarli vaziyat yuz berdi. O‘yin tugashiga olti daqiqa qolganida «avliyolar» sardori Jeyms Uord-Provs 30 yard uzoqlikdan darvoza tomon jarima zarbasini yo‘lladi. Darvoza yuqori burchagidan joy olgan to‘pni olish imkonsiz edi. Jeyms esa ayni damda APLdagi eng yaxshi jarima zarbalari ijrochisi ekanini isbotladi.

6. Koutinyo APLga qaytishini nishonladi

«Aston Villa» yanvar avvalida hammani hayron qoldirgan transferni amalga oshirdi. Jamoa «Barselona»dan Fillipe Koutinyoni ijaraga oldi. Bunda Stiven Jerrardning xizmatlari katta edi. Sobiq mersisayder APLga qaytishini o‘zining sobiq, ammo ashaddiy raqibi bo‘lgan «MYU»ga qarshi bitta assist hamda gol bilan nishonladi. O‘yin oxirlagan paytda Jakob Remzi passini braziliyalik talant darvozaga to‘g‘irlab qo‘ya oldi.

5. «Norvich» «Uotford»ni qorong‘ulikda jazoladi

O‘sha oqshom «Vikereyj Rod» o‘yingohidagi muxlislar haqiqiy dramani guvohi bo‘lishdi. «Norvich» ushbu o‘yinni diqqat bilan nazorat qildi va o‘z raqibi uyidan haqli uch ochkosini olib ketdi. Amerikalik hujumchi Josh Sarjent ikkita gol bilan mehmonlarni siylagan bo‘lsa, mezbonlar tarkibida Emmanuel Denis qizil bilan «siylandi». «Bug‘ular» ustozi Klaudio Ranyeri esa iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Ushbu o‘yinda stadion yoritkichlari ishlamay qolib, bir muddat qorong‘ulik ham hukm surgan edi.

4. Ziyesh «shporlar»ga qaqshatqich zarba berdi

Xakim Ziyesh «Tottenxem»ga qarshi g‘alabada, muxlislar undan kutgan o‘yinni namoyish eta oldi. Ikkinchi bo‘lib avvalida uning «sehrli» chap oyog‘idan uchgan to‘p, to‘g‘ri borib, darvozaning yuqori burchagiga joylashdi. Haqiqatdan ham o‘sha kuni marokashlik yulduzni to‘xtatish oson kechmadi. O‘yin esa 2-0 hisobida «sherlar» foydasiga hal bo‘ldi.

3. Kovachich «Liverpul»ga qarshi kombekni amalga oshirdi

Yangi yilning ikkinchi kunida o‘tkazilgan bahs «Chelsi» uchun omadsiz boshlandi. Yarim soat ichida «Liverpul» ikkita gol farqi bilan oldinda borayotgan edi. Shunga qaramay, mezbonlar o‘yinga qaytib ola bilishdi. Bu qaytish qandaydir to‘rt daqiqa ichida ro‘y bergani esa e’tiborga molik jihatlardan biri sanaladi. Kovachichning jarima maydonchasi chizig‘idan yo‘llagan fantastik zarbasi golga aylandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kristian Pulishich farqni yo‘qqa chiqara oldi.

2. Debyutant uyida dron sabab tartibsizliklar kelib chiqdi

«Brentford» uyidagi g‘alaba «Vulverxempton» yanvar oyini yuz foizlik natija bilan tugallashiga zamin yaratdi. Ammo bu o‘yin boshqa bir voqea bilan eslanadigan bo‘ldi. Uchrashuvda ikkita to‘xtalish yuz berdi. Birida omma ichida tartibsizliklar kelib chiqqan bo‘lsa, boshqasi stadion uzra dron ko‘rinish bergani sabab yuzaga keldi. Qolaversa, orada hakamlar moslamasi ham pand berib, qisqa to‘xtalish ham bo‘lib o‘tdi.
Agar bu ham kamlik qilgan bo‘lsa, «arilar» ustozi Tomas Frank o‘yin tugagach, ikkinchi sariq kartochka bilan maydonni tark etishga majbur bo‘lganini ham qo‘shib qo‘yish mumkin.

1. Bergveyn «Tottenxem»ga ilojsiz vaziyatda uch ochko taqdim etdi

Ro‘yxatda faqat bitta g‘olib bo‘lishi mumkin. Bu voqea 19 yanvar kuni «Lester Siti» uyida yuz bergan. Garchand «shporlar» kuchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa ham, o‘yin oxirlayotgan paytda 2-1 hisobida ortda qolayotgandi. Ammo nima ham bo‘ldi-yu, «King Power» stadioni larzaga keldi. O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berilgan, o‘sha vaqt esa poyonlab qolgandi. Niderland o‘g‘loni esa ayni damda gol urib, jamoasini bir ochkoli qildi. Ammo bu hammasi emasdi. Markazdan boshlagan mezbonlar to‘pni yana raqibga topshirib qo‘ydi. Oqibatda esa Stiven Bergveyn yana bir bor raqib posbonini dog‘da qoldirdi. Hammasi arzimagan bir yoki ikki daqiqa ichida yuz berdi. Ammo «Tottenxem» uch ochko bilan uyiga qaytadigan bo‘ldi. Tartibsizliklardan unumli foydalangan jamoa mukofotlandi. Zahiradan tushirilgan Bergveyn esa o‘yin qahramoniga aylandi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:13, 03.02.2022.
O'qildi: 1779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.