Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Tarixiy telbalikmi yoki...?

Tarixiy telbalikmi yoki...?

Baho:
+ | -

"Liverpul» darvozaboni Alisson Braziliya terma jamoasining bir o‘yini davomida 2 marta qizil kartochka oldi, ammo maydonda qoldi. Chunki har ikki «qizil»ni VAR tizimi bekor qildi. Braziliya va Ekvador milliy jamoalari o‘rtasidagi JCH-2022 saralash o‘yini aynan shu ajib ssenariysi bilan yodda qoldi. Braziliyaliklar Qatar mundiali yo‘llanmasini allaqachon naqd qilib qo‘­yishgan, ammo bu holat «pentakampeonlar»ni spektaklnamo o‘yin ko‘rsatishlariga xalaqit bergani yo‘q. Yana Ekvador termasining yorqin o‘yini ham tomoshaboplikni oshirdi.

Braziliyaliklar tezkor gol urishdi - 6-daqiqada Kazemiro to‘pni bir necha santimetrdan darvozaga burab qo‘ydi. Ammo bu o‘yinning eng esda qolgan vaziyati narsa emas. Voqealarning keyingi rivoji shunchaki, hammani shoshirib qo‘ydi - turli darajada telbavorlik, drama... Xususan, 13-daqiqada braziliyalik Mateus Kunya darvozabon Aleksandr Dominges oldiga yolg‘iz chiqib bordi, lekin bo‘yni bilan to‘g‘ri raqibining butsasiga urildi. Natijada VAR aralashuvidan keyin kiperga qizil kartochka berildi. Shundan so‘ng braziliyaliklar atigi 7 daqiqa ko‘pchilik bo‘lib o‘ynashdi. Chunonchi, 20-daqiqada «Tottenxem»­dan chaqirilgan Emerson 2-marta ogohlantirildi.

«Qizil chiroq» festivalini 26-daqiqada Alisson davom ettirishi mumkin edi. «Liverpul» kiperi oyog‘ini baland ko‘tardi,  butsasi raqib boshiga ham tegdi. Hakam darhol qizil kartochka ko‘rsatdi, ammo VAR to‘pga birinchi teginish holatini inobatga olib, «qizil» «sariq»qa almashtirilishini ta’minladi. Umuman, takroriy ko‘rishlar va to‘xtalishlar uchun birinchi bo‘limning o‘ziga 10 daqiqa qo‘shib berildi.

Tanaffusdan keyin ham o‘yin xuddi shu yo‘sinda davom etdi. Deylik, bo‘lim boshida Rafinya raqib oyog‘ini bosib oldi va hakam Braziliya termasi darvozasiga penalti belgiladi. Lekin yana VAR o‘rtaga tushdi, yakunda referi jarima zarbasini bekor qildi. Ekvadorliklar o‘yin oxiriga yaqinlashgan pallada hisobni tenglashtirishdi. Ammo uchrashuvda eng qizig‘i gollar emas, baribir. Qo‘shib berilgan vaqtda referi Alissonga ikkinchi marta «qizil» berdi va yana penalti belgiladi - jarima maydoni ichidagi qo‘pollik uchun. Shunda VAR qayta aralashdi va qizil kartochka ham, penalti ham «havoga uchdi». Xayriyatki, Alissonning uchinchi marta «qizil» olishiga vaqt qolmadi: hakam final hushtagini chalib, nihoyat, qutuldi.

Tabiiyki, Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Gus­tavo Alfaro uchrashuvdan keyin hakamlik yuzasidan shikoyat qildi: «Hayratdamiz. Menimcha, VAR futbol mohiyatini o‘ldirmoqda. Hozir mamlakatimiz uchun tarixiy g‘alaba qayd etish imkoniyatidan mahrum bo‘lganimizni his etpmiz. Mening talab va xohishim bitta - adolat. Ekvador termasi bugun JCHga chiqish imkoniyati uchun o‘ynadi. Bu yo‘lda kimlar va nimalarga qarshi turishimizga to‘g‘ri kelishidan qat’iy nazar, kurashni davom ettiramiz».Gustavoni tushunish mumkin. Axir uning jamoasi g‘alaba qozonsa, Qatar yo‘llanmasini deyarli kafolab qo‘yardi. Chunonchi, Ekvador termasi KONMEBOL saralash guruhida 24 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Eslatma, Janubiy Amerikadan 4ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi, 5-pog‘onadagi Urugvay termasi esa 19 ochkoga ega. Ekvadorliklar hali Peru, Paragvay va Argentina termalari bilan o‘ynashlari kerak. Raqiblar uncha yengil emas, ammo hozirgi holatda jamoaning JCH-2022 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi haqiqatga ancha yaqin.

- Menimcha, o‘yin davomida 2 marta qizil kartochka olib, maydonda qolish holati tarixda birinchi bora kuzatildi. Menimcha, barcha bahsli vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlandim. Bu o‘yinda VAR tizimi naqadar muhimligi yana bir bora isbotlandi. Alisson Beker (Braziliya terma jamoasi darvozaboni).

Manba: interfutbol.uz

Kiritildi: 13:13, 04.02.2022.
O'qildi: 2929 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.