Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Futzal. Yevropa chempionati. Qiyin kechgan bahsda Rossiya Ukrainani yengib, dastlabki finalchiga aylandi

Futzal. Yevropa chempionati. Qiyin kechgan bahsda Rossiya Ukrainani yengib, dastlabki finalchiga aylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 fevral kuni futzal bo‘yicha Yevropa chempionatining ½  final bosqichi doirasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Yarim final bosqichiga Rossiya – Ukraina va Portugaliya – Ispaniya jamoadari yetib kelishdi. Ushbu bosqich doirasidagi dastlabki uchrashuvi Rossiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda ruslar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisob 1-daqiqada Sokolov tomonidan ochildi. 14-daqiqaga kelib Afanasev rossiyaliklarning hisobdagi ustunligini 2 taga oshirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Ukraina terma jamoasi hisobni bittaga qisqartirdi. Gol muallifi – Seriy. Oʻyin oxirida ukrainlar penalti tepish imkoniyatiga ega boʻlgandi, ammo Shoturma oʻziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limning yarimda Niyazov Rossiyaning 3-golini urgan bo‘lsa, Abkashin hisobni yana bittaga qisqartirdi.

Bahsning qolgan daqiqalari ham teng kurashlar ostida kechdi, biroq boshqa gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi. Shu tariqa, Rossiya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki finalchiga aylandi.

Futzal. Yevropa chempionati-2022, 1/2 final.

Rossiya — Ukraina 3:2 (2:1)

Gollar. 1:0 — Sokolov (1), 2:0 — Afanasev (14), 2:1 — Seriy (15), 3:1 — Niyazov (30). 3:2 — Abakshin (34).

 

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi yarim final Portugaliya – Ispaniya jamoalari o‘rtasidabo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:08, 04.02.2022.
O'qildi: 3161 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик