Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Xavi shartnomasini uzaytirmagan bo‘lsa-da, Usmon Dembeleni tarkibdan nima uchun chiqarib tashlamaganini tushuntirib berdi.
«Dembele bilan shartnoma bo‘yicha qandaydir yechim topilmadi. Lekin u jamoaning bir qismi bo‘lib qolaveradi, axir uning amaldagi shartnomasi borku.
Biz uchrashuv o‘tkazdik va u jamoaning bir qismi bo‘lib qolishi borasida kelishib oldik. O‘z oyog‘ingizni chalishingiz mumkin emas, aksincha, yordam berish kerak.
U yaxshi professionalligicha qoldi. Bu klubning qarori», – dedi Xavi.