Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Anchelotti: "Rotasiya - futbolchilarga ishonmaganingda yuz beradi"

Anchelotti: "Rotasiya - futbolchilarga ishonmaganingda yuz beradi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi doirasida «Atletik» (0:1) jamoasiga qarshi maydon tushirilgan tarkib borasida bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi.

«Ha, haqiqatdan ham men bir xil futbolchilardan ko‘p foydalandi. Ayrim futbolchilarning maydonga ko‘p tushmaganliklari ham ayni haqiqat.

Lekin, qayd eetish kerakki, yanvar oyi biz uchun og‘ir keldi. Biz Superkubok va Ispaniya Kubogida o‘ynadik, braziliyalik futbolchilar o‘z terma jamoalari ixtiyoriga ketishdi.

Endi yanvar oyi ortda qoldi, biz endi boshqa tartibda ishlaymiz. Kechagi bahsda to‘g‘ri tarkib tanladim deb hisoblayman. Men mashg‘ulotlarda ishlayotgan yigitlarni ko‘rib, keyin qaror qabul qilaman.

«Atletik»ka qarshi o‘yinda Vinisiusni maydonga tushirib biroz tavakkalchilikka qo‘l urdim. Buni haqiqatdan ham muhokama qilsa bo‘ladi, chunki biroz charchoq alomatlari borligini bilgandim.

Boshqa futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, buni muhokama qilish shart emas, chunki, Kazemiro va Rodrigo Braziliya terma jamoasining so‘nggi o‘yinida o‘ynashmadi  (Rodrigo uchrashuvning 82-daqiqasida maydonga tushgan – muallifi), markaziy hujum pozisiyasida esa tezkor futbolchini ko‘rishni xohlagandim.

Rotasiya - qachongi futbolchilarga ishonch bildirmayotganingda yuzaga keladi. Yuqorida aytganimdek, yanvar oyida futbolchilar charchagandi, chunki, ko‘plab o‘yinlar, safarlar, turnirlar va jarohatlanganlar bo‘ldi.

Fevral oyi keldi va mana endi tarkibga ishonishimiz mumkin" - dedi Anchelotti.

Kiritildi: 18:50, 05.02.2022.
O'qildi: 1454 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик