Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Runi «MYU»da o‘ynayotganida «alkash» bo‘lganini tan oldi

Runi «MYU»da o‘ynayotganida «alkash» bo‘lganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Derbi Kaunti» bosh murabbiyi Ueyn Runi «Manchester Yunayted»da o‘ynayotganida alkogol bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini tan oldi.

«Ichkilikdan chiqib ketishni o‘rganish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lgandi. Ichgandan keyin "boshog‘riq" qiynardi.

Men ko‘p xato qilganman. Xatolarimning ba’zilari matbuotda chiqqan, ba’zilari — yo‘q. Bu odatlardan chiqib ketishim qiyin bo‘lgan. Natijada bosh murabbiy Aleks Fergyuson va oilam bilan muammolarga duch kelgandim.

Shunday paytlar bo‘lganki, ikki kun futbol bo‘lmasa, qayergadir berkinib olib, boshimdan hamma narsani chiqarib tashlash uchun shunchaki ichardim. Men ichishni yaxshi ko‘rardim, ammo ahvolim og‘ir edi.

Barchasi yig‘ilib bordi: terma jamoa va «MYU» safidagi o‘yinlar, shaxsiy hayotimdagi voqealar tufayli yuzaga kelgan bosim. Men shunday muhitda katta bo‘lganmanki, bunday muammolarni kimgadir gapirish yoki kimdandir yordam so‘rash mumkin emasdi. Barchasini o‘zing hal qilishing kerak edi.

Hayotimda qandaydir muammoga kelgan bo‘lsa, ularning barchasi alkogol bilan bog‘liq. "Sog‘" paytimda esa hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Shu bois, o‘zim muammolarni hal qilishimga to‘g‘r kelgan. Endi esa alkogol bilan munosabatlarim yaxshi. Muammo yo‘q. Vaqti-vaqti bilan ichib turaman, ammo avvalgidek emas. Hammasi nazorat ostida. Ammo o‘zimni hech qachon "alkash" deb hisoblamaganman», – dedi Runi o‘zi haqidagi hujjatli filmda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:31, 06.02.2022.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.