Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Buxoro» bosh direktori: «Jamoa Superliga yo‘llanmasiga ega bo‘lishi uchun borimizni beramiz»

«Buxoro» bosh direktori: «Jamoa Superliga yo‘llanmasiga ega bo‘lishi uchun borimizni beramiz»

Baho:
+ | -

"Buxoro" futbol klubi bosh direktori O‘tkir Qodirovga bir necha savollar bilan yuzlandik.

— O‘tkir Olimovich, hozirda «Buxoro» futbol klubida olib borilayotgan ishlar, qilinajak vazifalar haqida qisqacha so‘zlab bersangiz.
— Men «Buxoro» futbol klubida bosh direktor vazifasida ish boshlaganimga, endigina bir oy bo‘ldi. Albatta, tarixi buyuk jamoada rahbar bo‘lib ishlashning, o‘ziga yarasha ma’suliyati kuchli bo‘ladi. Hozirgi kunga qadar, klub oldida turgan muammolarni bartaraf etish uchun, tinim bilmay ishlayapmiz, chunki yangi mavsumga ko‘p vaqt qolmadi. O‘tgan mavsumda, jamoamizda to‘p surgan legioner futbolchilar, Raxat Japarov va Marko Milich bilan bo‘lgan tushunmovchiliklarni, deyarli hal qilib bo‘ldik. Shuningdek texnik direktor lavozimida ishlagan Baxtiyor Dadamatov bilan kelishuvga erishdik. Lekin, hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina, tojikistonlik ikki murabbiy yordamchilar va bir futbolchi bilan muzokoralar olib borilmoqda. Umid qilamanki, ushbu masalalar ĥam, yaqin vaqi ichida, ijobiy echimini topadi.

— Bu yilgi «Buxoro» jamoasining seleksiya ishlari qanday o‘tdi, tarkib haqida nima deya olasiz.
— Buxoro futbolini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan «Kengash» a’zolari tomonidan, bosh murabbiylikka Hakim Fuzaylov nomzodi tasdiqlangach, unga Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish asosiy vazifa sifatida yuklatildi. Hakim Fuzaylov jamoani shakllantirish va seleksiya ishlarini to‘liq o‘zi olib bormoqda. Men esa bosh direktor sifatida, faqat moliyaviy masalarni hal qilib boryapman. Jamoamizda bir qator tajribali futbolchilar jam bo‘lishdi. Umid qilamanki, barchamiz bir ahil oila bo‘lib, «Buxoro» jamoasi oldida turgan barcha muammolarni bartaraf etib, yangi mavsumga shay holatda maydonga chiqamiz. Muxlislar katta futbolni, qolaversa sevimli jamoamiz bo‘lmish «Buxoro»ning o‘yinlarini sog‘inishgan. Nasib qilsa, ushbu mavsumda ularni xursand qilish, jamoamizni Superliga yo‘llanmasiga ega bo‘lishi uchun borimizni beramiz. Bizning muxlislar bunga arziydi.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 13:55, 07.02.2022.
O'qildi: 1560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик