Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi «CAFA U-19 futsal championship-2022» musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi «CAFA U-19 futsal championship-2022» musobaqasida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) 12-19 fevral kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan CAFA chempionatida ishtirok etadi.

Mazkur musobaqada O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etadi. Reglamentga ko‘ra, har bir jamoa to‘rttadan o‘yin o‘tkazadi. Eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa g‘olib deb topiladi. Barcha o‘yinlar Bishkekdagi «Gazprom» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Furqat Xayrulloyev shogirdlari turnirdagi ilk uchrashuvini Tojikistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

1-tur | 12 fevral (shanba)
O‘zbekiston – Tojikiston
Eron – Afg‘oniston

2-tur | 13 fevral (yakshanba)
Tojikiston – Eron
Qirg‘iziston – Afg‘oniston

3-tur | 15 fevral (seshanba)
Afg‘oniston – Tojikiston
Qirg‘iziston – O‘zbekiston

4-tur | 17 fevral (payshanba)
Afg‘oniston – O‘zbekiston
Eron  – Qirg‘iziston

5-tur | 19 fevral (shanba)
O‘zbekiston – Eron
Tojikiston – Qirg‘iziston

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:12, 07.02.2022.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик