«Sampdoriya» jamoasining 29 yoshli polshalik himoyachisi Bartosh Bereshinski bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar bermoqda Genuya klubi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, polshalik futbolchining yangi shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Bereshinski «Sampdoriya»da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda va shu vaqt ichida 158 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsumda polshalik A Seriyada 22 ta o‘yin o‘tkazib, o‘zining ikkita golli uzatmasi bilan ajralib turishga muvaffaq bo‘ldi.
Polshaning barcha yoshdagi terma jamoalari uchun u 36 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga assistentlik qilgan.