"Barselona" o‘zining rasmiy saytida Ferran Reverterning klub bosh direktori lavozimini tark etishi haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, funksioner oilaviy sabablarga ko‘ra ishdan ketadi. “Ko‘k-anorranglilar” uning o‘rniga o‘rinbosar topilgach, u lavozimini tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Reverter 2021 yilning 1 iyulida “Barsa” bosh direktori bo‘lgan edi.
Kataloniyaliklar La Liganing 22-turidan keyin 38 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ular Yevropa ligasining pley-off bosqichida “Napoli” bilan kuch sinashadi.