“Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi va “neradzurrilar” himoyachisi Alessandro Bastoni Milan derbisi yakuniga yetganidan keyin qilgan xatti-harakatlari uchun jazolandi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" asosiy raqibiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Bastoni 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. U final hushtagi yangraganidan so‘ng yordamchi hakamni haqorat qilgan.
Simone Indzagi esa bosh hakam nomiga odobsiz so‘zlar aytgani uchun bir o‘yinga chetlatish oldi. Shuningdek, u 15 ming yevro jarimaga tortildi.