Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

APL. “Manchester Yunayted” yana ochko yo‘qotdi. Bu safar autsayderga qarshi o‘yinda

APL. “Manchester Yunayted” yana ochko yo‘qotdi. Bu safar autsayderga qarshi o‘yinda

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Yunayted” safarda “Byornli” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Uchrashuvning 18-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Pol Pogba o‘yindagi hisobni ochdi va 2021-yil yanvaridan beri APLdagi ilk golini urdi. Biroq 48-daqiqada “Byornli” hujumchisi Jey Rodriges hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv yakuniga qadar jamoalar boshqa gol ura olishmadi - 1:1.

“Manchester Yunayted” ayni paytda 39 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda, “Byornli” esa 14 ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.

“Byornli” — “Manchester Yunayted” – 1:1

Gollar: 0:1 – 18 Pogba, 1:1 – 47 Rodriges.

Byornli” – Poup, Roberts, Mi, Tarkovski, Piters, Vestvud, Braunxill, Maknil, Rodriges (Barns, 88), Vegorst, Korne (Lennon, 69).

“Manchester Yunayted” – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Shou, Pogba, Brunu Fernandesh, Maktomini (Lingard, 80), Kavani (Ronaldu, 68), Reshford (Elanga, 85), Sancho.

Ogohlantirishlar: Maguayr (62), Piters (74), Braunxill (77).

Kiritildi: 03:07, 09.02.2022.
O'qildi: 2404 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.