Myunxenning “Bavariya” klubi yarimhimoyachisi Jamol Musialada koronavirus aniqlandi.
Futbolchi testdan ijobiy o‘tgan va hozir izolyasiyada. U o‘zini yaxshi his qilmoqda.
"Bavariya"ning navbatdagi o‘yini 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Myunxenliklar Bundesliganing 22-turi doirasida safarda «Boxum» bilan o‘ynaydi.
20 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.