Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Basketbolchi bo‘lishni istagan Modrich

Basketbolchi bo‘lishni istagan Modrich

Baho:
+ | -

 

“Real Madrid” klubi va Xorvatiya termasi yetakchisi Luka Modrich o‘zining faoliyati, kelajakdagi rejalari va xayoti xaqida gapirib o‘tdi. Quyida siz aynan uning fikrlarini o‘qishingiz mumkin.

 Uning hayoti, agar u futbolchi bo‘lmaganida.

«Agar men futbolchi bo‘lmaganimda, nima qilishimni bilmayman. Men sportni yaxshi ko‘raman. Futboldan tashqari men basketbol, tennis va boshqa ko‘plab sport turlarining muxlisiman. Balki men boshqa sport turi bilan shug‘ullanardim, masalan, basketbolchi bo‘lardim. Men Xorvatiyada, basketbol shahri sifatida tanilgan Zadarda tug‘ilganman va bolaligimda basketbol o‘yinlarini ko‘p marta tomosha qilganimni eslayman. Men maktabdan keyin imkon qadar do‘stlarim bilan o‘ynardim va men basketbolning ashaddiy ishqibozi edim. Menga bu sport yoqadi, shuning uchun men basketbolchi bo‘lardim deb o‘ylayman.

Qachongacha futbol o‘ynamoqchi.

“Men necha yoshga qadar o‘ynashim mumkinligini bilmayman. 40 yilgacha yoki undan ko‘p yoki kamroq bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz. Menda hammasi yaxshi. Men o‘zimni jismonan yaxshi his qilyapman, bu muhim. Men juda katta klubdaman, shubhasiz dunyoning eng yaxshi klubi va men bu darajani uzoq vaqt ushlab turishni istayman. Ammo yillar haqida gapirish juda qiyin. Hozir men deyarli 37 yoshdaman va o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Men jismoniy holatimni yaxshi ushlab turish uchun ko‘p mashq qilyapman."

"Real Madrid"dagi eng yaxshi daqiqalar.

"Real Madrid"da men ko‘p baxtli lahzalarni boshdan kechirdim, lekin, ehtimol, eng baxtli lahza La Desima bo‘ldi (Chempionlar ligasining 10-kubogini qo‘lga kiritish). O‘ylaymanki, agar men birini tanlashim kerak bo‘lsa, aynan shu kunni tanlayman. Klub bu voqeani 12 yildan beri kutmoqda edi. "Real Madrid"ga kelganimda hamma shunchaki: "la decima", "la decima" deb aytishdi...shuning uchun men g‘alaba qozonishim va jamoamga yordam berishim kerak ekanligini bilar edim. Ta’sirli narsa bor edi. Bu eng baxtli lahza, lekin men yana ko‘p baxtli onlarga “qirollik klubi”da erishdim.

Voris tanlash.

“Xorvatiyadagi mening vorisim bu Mateo Kovachich. Garchi u unchalik yosh bo‘lmasada. Ishlar juda yaxshi ketyapti, deylik, u mening o‘rinbosarlarimdan biri. U navbatdagi Xorvatiya terma jamoasining yetakchisi bo‘lishi mumkin”.

Futbol karyerasidan keyingi rejalar.

“Futboldan keyingi reja haqida hali o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Men kelajak haqida ko‘p o‘ylaydigan odam emasman. Men hozirda yashashni va asta-sekin borishni, lahzadan, nima qilayotganimdan zavqlanishni yaxshi ko‘raman. Kelajak nima olib kelishini ko‘ramiz. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman, futboldan ko‘proq zavqlanaman, hamma narsadan zavqlanaman. Qariganingizda nima qilishni xohlayotganingizni oldindan aytish qiyin”.

 

O‘n yil oq libosda.

“Madridda o‘tkazgan vaqtim davomida men kutganimdan yoki xohlaganimdan ham ko‘proq yutuqlarga erishdim. Bu deyarli 10 yil ichida men bilan sodir bo‘lgan hamma narsani yozish siz uchun juda qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, klub bilan aloqam mukammal. Muxlislar ham menga mehr ko‘rsatishdi va menga ishonishdi, meni qo‘llab-quvvatlashdi”.

 

Modrich qaysi futbolchining muxlisi?

“Zvonimir Boban men uchun birinchi raqamli futbolchi. 1998 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida juda muhim yutuqlarga erishgan Xorvatiya terma jamoasini shu avlod tufayli hamma tan oldi... Biz uchun, futbolda ulg‘aygan barcha bolalar uchun ular bizning kumirimiz edi, Boban esa men uchun eng zo‘ri. U bilan ko‘rishish, suhbatlashish juda yoqimli va ajoyib tajriba ulashadi."

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:43, 09.02.2022.
O'qildi: 1234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.