"Real" hujumchisi Karim Benzema jarohatidan forig‘ bo‘lish arafasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u jamoaning bugungi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Futbolchi ertaga klub a’zolari bilan birga Fransiyaga uchishi va YECHL ⅛ finalidan o‘rin olgan "Pari Sen-Jermen"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.