“Milan” himoyachisi Alessio Romanyoli “Lasio”dan taklif oldi. Rim klubi futbolchiga yiliga 3 million yevro to‘lashga tayyor, deb xabar beradi "Correira Dello Sport".
27 yoshli futbolchining o‘zi faoliyatini Rimda davom ettirishni ma’qul deb hisoblaydi, chunki u bolaligida "Lasio"ga muxlislik qilgan. Ammo himoyachining agenti Mino Rayola futbolchini "Yuventus"ga olib o‘tmoqchi. Chunki ular moliyaviy jihatdan foydali shartnoma taklif qilishga tayyor.
Romanyoli 2021/22 yilgi mavsumda "Milan" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.