"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Espanyol"ga qarshi o‘yin (2:2) haqida fikr bildirdi.
"O‘ylaymanki, biz "Espanyol"ga o‘yin bo‘yicha mag‘lub bo‘lmadik. Ikki ochko yo‘qotganimizga qaramay, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik.
(Lyuk de Yongning so‘nggi besh o‘yinda urgan to‘rtta goli haqida) Bu tasodif emas. U boshqalarga namuna bo‘loladigan professional futbolchi. De Yong ikkita gol urish imkoniyatidan bittasini foydalandi. Men uni har doim boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘raman", - dedi Xavi.