Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Oleg Marchuk: «Buxorodek buyuk shahar jamoasi Superligada bo‘lishi kerak»

Oleg Marchuk: «Buxorodek buyuk shahar jamoasi Superligada bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

Yangi mavsum oldidan "Buxoro" safiga qo‘shilgan legioner futbolchi Oleg Marchuk bilan qisqa suhbat uyushtirdik va ushbu suhbatni etiboringizga havola etamiz.

— Oleg, siz o‘tgan yil O‘zbekiston chempionati Pro-ligasidagi debyutingizni yomon o‘tkazmadingiz. Aytingchi, moslashish qiyin kechmadimi, har holda siz uchun begona yurt?
— Yo‘q aslo! Qiyinchilik tug‘dirmadi, meni yaxshi qabul qilishdi. Til masalasida ham muammo bo‘lgani emas, jamoadagi ko‘p yigitlar rus tilida muloqot olib borishardi. Barchasi ajoyib edi.

— O‘zbekiston va Ukraina futbol chempionatlarining farqi?
— Bu yerda umuman boshqacha futbol, boshqacha tushunchalar. Lekin, baribir ham unchalik katta farq sezilmaydi. Aytishadiku, futbol bu oson o‘yin, faqat uni o‘ynay olish kerak.

— O‘tgan mavsumda siz «Dinamo» jamoasi bilan Superliga yo‘llanmasiga ega chiqqan edinglar, bu yil esa «Buxoro» jamoasiga ham xuddi shunday vazifa yuklatilgan, ya’ni Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Ushbu vazifani yana takrorlashga ko‘zingiz yetadimi?
— Sizni yaxshi tushundim! Buni albatta vaqt ko‘rsatadi. Biz barchamiz bu yerga, aynan shu maqsad uchun yig‘ilganmiz, boshqa yo‘limiz ham yo‘q, astoydil mehnat qilgan jamoa, mavsum yakunida buni rohatini ham ko‘radi. Maqsadimiz, o‘z suyukli muxlislarimizga quvonchli damlarni tortiq qilib, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqish. Buxorodek buyuk shahar jamoasi, Superligada bo‘lishi kerak.

— Mavsumoldi tayyorgarlik qanday kechyapti, jamoadagilar bilan chiqishib ketdingizmi?
— Yig‘inlar yaxshi tashkillantirilgan, astoydil ter to‘kyapmiz, hozirgi bosh murabbiy bilan o‘tgan mavsumda ham birga ishlaganman, shu sababli mashg‘ulotlarda unchalik katta farq sezmayapman. Yaxshi jamoa shakllanyapti, murabbiylar va futbolchilar meni yaxshi kutib olishdi, bu borada hech qanaqa muammo ko‘rmayapman.

— Ishqibozlar sizdan mazmunli va chiroyli o‘yinlar kutmoqda. Ularga nima der edingiz!
— Ishqibozlardan, yaxshi kunimizda ham yomon kunimizda ham faqat «Buxoro» bilan birga bo‘lishlarini so‘rardim, mana shu eng asosiysisi. G‘alabalar esa, har doim hamrohimiz bo‘lsin!

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 12:52, 15.02.2022.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.