Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

Andranik Babayan: «Bunyodkor»dan o‘tkazib yuborgan gollarimiz chiroyli ko‘rinish oldi»

Andranik Babayan: «Bunyodkor»dan o‘tkazib yuborgan gollarimiz chiroyli ko‘rinish oldi»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha "Bunyodkor" Antaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida uchinchi sinov nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Raqib Rossiya FNL ishtirokchisi Astraxanning “Volgar” jamoasi bo‘ldi. "Qaldirg‘ochlar" iroda namoyish qilgan o‘yindan so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi Andranik Babayanning fikrlari bilan qiziqdik.

-  “Bunyodkor”ni nafaqat Osiyoda, balki Yevropada ham bilishadi. Biz bu darajadagi raqibga qarshi o‘yin orqali o‘zimizni nimalarga qodirligimizni tekshirib olmoqchi edik. Yakunda shunday ham bo‘ldi. Uchrashuv davomida ko‘rindiki, “Bunyodkor” shakllangan jamoa. Safida iqtidorli yoshlardan tashqari, tajribali futbolchilar ham bor. To‘g‘ri, hozirgi “Bunyodkor” tarkibida butun dunyoni o‘ziga qarata oladigan legionerlar yo‘q, ammo turli yoshdagi hamda Osiyo qit’asidagi terma jamoa o‘yinchilari yetarlicha.

Bilamizki, “Bunyodkor”da ajoyib akademiya bor. Jamoa asosiy urg‘uni tarbiyalanuvchilariga qaratmoqda. Bu qiyin yo‘l, biroq qiziqarli va kelajagi bor. Bugungi raqibimizning mazkur qiyin va mashaqqatli yo‘lida omad tilayman!

O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Biz bugun golga tortadigan xavfli vaziyatlarni ko‘proq yuzaga keltirdik. Raqib ikkinchi bo‘limga to‘liq yangilangan tarkibda tushib kelgan bo‘lsa-da, biz o‘zgarishni amalga oshirmadik. Chunki ertaga ham o‘yinimiz bor. Bunday vaziyatda barcha futbolchilarga yuklamani teng taqsimlash kerak.  Umumiy ma’noda uchrashuv kurashlarga boy tarzda kechdi. Taxminan bahs hamkasbimga ham ma’qul keldi. Yig‘inlarga mos o‘yin bo‘ldi. O‘tkazib yuborgan gollarimiz chiroyli ko‘rinish olganini e’tirof etish joiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:13, 15.02.2022.
O'qildi: 1429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.