Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Real”ning yangi himoya qo‘rg‘oni — nega Ramos va Varanning ketishi madridliklar uchun halokatli bo‘lmadi?

“Real”ning yangi himoya qo‘rg‘oni — nega Ramos va Varanning ketishi madridliklar uchun halokatli bo‘lmadi?

Baho:
+ | -

"Real Madrid" o‘tgan yozda bir vaqtning o‘zida ikkita asosiy himoyachisi Serxio Ramos va Rafael Varan bilan xayrlashdi. Bu jamoaning mavsum boshidagi o‘yinlariga biroz ta’sir qilishi mumkinligi taxmin qilingandi. Biroq, “qaymoqranglilar” tezda himoya markazidagi kamchilikni to‘ldirishga erishdi. Ammo, madridliklar safidan ketgan futbolchilar haligacha yangi jamoalarida o‘z o‘rnini topa olishmadi.

 

Varan - Ramos: markaziy himoyachilarning eng yaxshi juftligi

O‘z terma jamoalari bilan jahon chempioni bo‘lgan ispan va fransiyalik futbolchi so‘nggi yillarda "Real Madrid"da kuchli juftlik shakllantirib, dunyodagi eng kuchli markaziy himoyachilar tandemidan biriga aylanishdi.

Ramos "Real Madrid"ga Varandan olti yil oldin kelgan. Ular Madrid jamoasida birgalikda o‘n mavsumni o‘tkazishdi. Dastlab, yosh fransiyalik himoyachi madridliklarning futbolchisi Pepe bilan asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashdi. “Qaymoqranglilar” boshqaruviga Zinedin Zidan kelgach, fransuz futbolchisi jamoa asosiy tarkibning ajralmas bo‘lagigi aylandi. Keyinroq Varan va Ramos tandemi besh yil davomida ajoyib o‘yin namoyish etishdi.

"Real Madrid" tarkibida ikki futbolchi birgalikda uchta mamlakat chempionligi (fransuz kelguniga qadar ispaniyalikda ikkita chempionlik bor edi), to‘rtta Chempionlar ligasi, uchta UYEFA Superkubogi, to‘rtta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Garchi uzoq vaqt davomida "qaymoqranglilar"ning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu bo‘lsa-da, Ramos, o‘z navbatida, "qirollik klubi"ning ramzi, har doim oxirigacha kurashishga va yordam berishga tayyor bo‘lgan haqiqiy sardor deb hisoblanardi.

Ayniqsa, 2014 yilgi Chempionlar ligasi finalidagi "Atletiko"ga qarshi kechgan o‘yinda, uning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlariga o‘tishiga va prinsipial raqibni yanada mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishga imkon bergan.

Ikkala futbolchi ham birdaniga jamoani tark etishi, bu — katta muammo

Biroq, Ramosning "Real Madrid"dagi so‘nggi yili juda ham achinarli bo‘ldi.CHunki, tomonlar mavsum oxirida yakuniga yetadigan shartnoma bo‘yicha kelisha olmadi va natijada Serxio "PSJ"ga erkin agent maqomida qo‘shildi.

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bu voqea haqida shunday dedi:

"Serxio Ramos bilan xayrlashish men uchun juda qiyin bo‘ldi. Uni o‘g‘limdek yaxshi ko‘raman. Bu voqea sodir bo‘lganidan juda afsusdaman. Biz unga 2022 yilgacha shartnoma taklif qildik va bu taklifning ma’lum muddati borligini aytdik. Lekin, u kelishilgan sanadan oldin bizning shartlarimizni qabul qilmadi. U nima uchun bunday qilganini bilmayman. Ishonchim komilki, u vaziyatni yaxshi tushundi. Real Madriduning uyi va Ramos qachondir bu yerga qaytib kelishi mumkin. Biz har doim unga xush kelibsan, deb aytamiz”.

Ammo, "Real Madrid" bu bilan to‘xtab qolmadi va o‘sha yozda "Manchester Yunayted"ga 50 million yevro evaziga yana bir asosiy tarkib himoyachisi Rafael Varanni ham sotib yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki asosiy o‘yinchi bilan xayrlashish, Madrid klubi rahbarining kelajakda "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish uchun mablag‘ yig‘ish rejasining bir qismi bo‘lgan. Klub Ramosning katta maoshidan pul tejashga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, Varanning transferidan ham yaxshigina pul ishlab topdi.

 

Ramos va Varansiz "Real" qanday ahvolda?

Madrid klubi “Bavariya”ni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi David Alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Avstriyalik “qaymoqranglilar” tarkibiga uzoq yillardan buyon yuqori saviyada o‘ynab kelayotgan professional, yaxshi to‘p uzata oladigan, himoya markazida ham, chap qanotda ham o‘ynay oladigan futbolchi sifatida qo‘shildi.

Qolaversa, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Ramos va Varan tez-tez jarohat tufayli maydonga tusha olmaganlarida, ularning o‘rninito‘ldirgan Eder Militao ham o‘ynamoqda. Braziliyalik himoyachi joriy mavsumda ishonchli tarzda o‘yin ko‘rsatmoqdava jamoaning asosiy tarkib futbolchisigaaylandi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti shogirdining o‘yinidan mamnun va hattoki, futbolchini Ramos kabi muvaffaqiyatga erisha olishini aytadi.

Joriy mavsumda Militao va Alaba himoya markazining asosiy qismiga aylanishdi. Ular "Real" safida barcha turnirlarda 30 dan ortiq o‘yin o‘tkazishdi, birinchisida ikkita gol va bitta golli uzatma bo‘lsa, ikkinchisida ikkita gol va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylangan.

Karlo Anchelotti murabbiylikka qaytganidan so‘ng, "Real Madrid" chempionlik uchun ishonchli tarzda kurash olib bormoqda. Hozirda ular La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisi "Sevilya"dan 4 ochko oldinda bormoqda. Ayni paytda madridliklar o‘tkazib yuborilgan va kiritgan gollar bo‘yicha +28 natijasini qayd etmoqda.

Chempionlar ligasida ham “Real” “Inter”, “Sherif” va “Shaxtyor” bilan bir guruhdan joy oldi va raqiblari ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozonib, oltita o‘yinda bor-yo‘g‘i uchta gol o‘tkazib yubordi.

 

"Real"siz Ramos va Varan qanday holatda?

Chempionlar ligasining 1/8 finalida “qirollik klubi” “PSJ” bilan uchrashadi. Serxio Ramos o‘zining sobiq jamoasi bilan to‘qnash kelishi mumkin, biroq futbolchi bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Ha, ispaniyalikning Parij klubidagi faoliyati yaxshi emas. U “PSJ” lageriga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, debyutini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.U o‘zining birinchi o‘yinini o‘tgan yilning noyabr oyining oxirida o‘tkazdi va shu paytgacha atigi beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi Varanning "Manchester Yunayted"dagi ishlari biroz yaxshiroq, ammo... Ammo, Rafael ham jarohati tufayli doimiy ravishda o‘yinlarda tushmayapti. U hozirgacha 19 ta o‘yinda maydonga tushdi.  

Varan yangi chempionatda o‘ynash istagida "Manchester Yunayted"ning taklifini qabul qildi, shuning uchun uning harakatini asosli deb hisoblash mumkin. Ramos esa ertami kechmi “Real”ni tark etgan bo‘lardi. 35 yoshli futbolchi shartnomasini uzaytirgan taqdirda ham madridliklar safida uzoq vaqt qolishi dargumon edi. “Qirollik klubi” himoya chizig‘ining ikki asosiy futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi va ularning ketishi boshqa o‘yinchilar uchun imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 20:25, 15.02.2022.
O'qildi: 3274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.