Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Yozda o‘z klubini almashtirish ehtimoli 99 foiz bo‘lgan futbolchilar

Yozda o‘z klubini almashtirish ehtimoli 99 foiz bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Yozgi transfer mavsumi qishki xaridlardan ko‘ra har doim qiziqarliroq va kutilmagan hodisalarga boy bo‘ladi. Bu yilgisi ham shunday ehtimoldan holi emas va mutaxassislarning fikricha, 2022 yilning yoz faslida o‘tadigan transfer mavsumi oldingilaridan  ko‘ra ancha qiziqarli o‘tadi.  

2022 yilgi yozgi transfer oynasi boshlanishiga hali 4 oydan ko‘proq vaqt qolganiga qaramay, amalga oshishi deyarli aniq bo‘lgan bir qancha transferlar bor. Ularning ko‘pchiligi erkin agent maqomida bo‘lsa, bir qanchalari to‘liq sotuv asosida amalga oshadi. Hozir shu haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

 

Antonio Ryudiger (“Chelsi”)

28 yoshli nemis futbolchisi "Chelsi"da qolishga qarshi emas. Agar, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishib olsalar, Ryudiger yana bir necha mavsum londonliklar safida qolishi mumkin. Biroq, negadir Ryudiger va "Chelsi" hali ham kelisha olishmagan. Klub rahbariyati ham, futbolchi ham bir necha oydan beri matbuotda yangi shartnoma imzolanishi borasida bong urmoqda, ammo bu haligacha amalga oshmadi.

Maoshi bo‘yicha futbolchi va klubning istaklarida katta farq bor. “Aristokratlar” Antonioga haftasiga 200 ming funt taklif qilishgan, ammo nemis bunday shartnomani rad etgan. Ryudiger 225 ming funt atrofidagi haftalik maosh istamoqda va bu yiliga taxminan 1 million funt sterlingdan ko‘proq summani tashkil qiladi. Tabiiyki, bu London klubi rahbariyatiga unchalik yoqmagan. Shu sabab, hamon yangi bitim imzolanishi kechikmoqda.

 

Paulo Dibala (“Yuventus”)

Bir necha oy oldin argentinalik futbolchi “Yuventus” bilan shartnoma uzaytirishga qarshi emasdi, biroq tomonlar yangi bitimda oylik maosh borasida kelisha olmadi. Shu sabab Dibala turinliklarningg taklifni qabul qilmadi. "Yuventus" ham hujumchining maoshini sezilarli darajada oshirishga rozi emas. Umuman olganda, har ikki tomon ham nimanidir kutayotgandek taassurot uyg‘otmoqda.

Federiko Kyeza kutilmaganda uzoq vaqtga safdan chiqdi va "keksa sinyora" Dushan Vlaxovichni sotib oldi. Hozircha "zebralar"ning hujum chizig‘i Dibala va Vlaxovichning tandemidan hosil bo‘lgan, ammo Kyeza yozda safga qaytadi. Bunday vaziyatda Paulo zahira futbolchisiga aylanishi mumkin. Shu sabab, futbolchi yozda klubdan ketishi mumkin. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan top-klublar yetarlicha bor - "Liverpul", "Barselona", "Inter". Ehtimol, argentinalik ham o‘z karyerasida yangi sahifa ochish maqsadida yangi chempionat yoki yangi jamoaga o‘tishga qarshi bo‘lmas?!

 

Garet Beyl (“Real Madrid”)

32 yoshli uelslik futbolchining karyerasi yakuniga yetib bormoqda. Buni birinchi navbatda Beylning o‘zi yaxshi tushunadi. Endi u "Real Madrid"ga kerak emas. Shu bilan birga, Garet uzoq vaqt davomida madridliklar safida maydonga tushmayapti. Shu bois, u yozda “galaktikos” bilan shartnomasi tugagach, Madriddan ketishni mo‘ljallamoqda.

Katta ehtimol bilan Beyl Angliya Chempionshipida o‘ynaydigan Uelsning "Kardiff" klubi futbolchisiga aylanadi. Ammo, bu faqat Uels terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralashning so‘nggi bosqichidan o‘ta olsagina ro‘y beradi. Agar, shunday bo‘lmasa, hujumchi o‘z faoliyatini butunlay yakunlashi mumkin.

 

Erling Xoland (“Borussiya Dortmund”)

Norvegiyalik hujumchining Dortmundning “Borussiya” klubi bilan shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar tuzilgan. Biroq, shartnomada shunday band borki, unda futbolchi yozda jamoadan ketishi mumkin. Bitimga ko‘ra, Xolandning yangi klubi futbolchi uchun “asalarilar”ga 75 million yevro to‘lashi kerak. Hech shubha yo‘qki, Erlingni sotib olmoqchi bo‘lgan (bir nechta klub!) yetarlicha jamoalar bor.

21 yoshli Xolandni sotib olish uchun bir qancha klublar navbatda turibdi — "Real", "Manchester Yunayted" va "Barselona". Bu narsa faqat futbolchining xohishi va uning agenti Mino Rayolaning ishtahasiga bog‘liq.

 

Kilian Mbappe (“PSJ”)

Transfer narxi 160 million yevroga baholangan 23 yoshli fransiyalik futbolchi Parij klubida o‘ynashni istamayapti. Kelayotgan yozda uning “PSJ” bilan shartnomasi tugaydi va u klubdan ketish haqida o‘ylab ko‘rmoqchi. Mbappe "Real"da o‘ynashni istamoqda. “Qaymoqranglilar” ham u bilan shartnoma imzolashga qarshi emas.

Garchi, "PSJ" Kilianni dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirishga va’da bergan bo‘lsa-da, fransuz iqtidori klub bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Tushunganingizdek, gap pul haqida emas. Mbappe Yevropa va jahon klublari darajasidagi sovrinlarni yutish istamoqda va “PSJ”da buni amalga oshirish juda ham qiyin bo‘lmoqda.  

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 22:12, 15.02.2022.
O'qildi: 11433 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.