Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Yevropa ligasi. «Barselona» - «Napoli» bahsida durang: Ferran Torres yuz foizli 3ta golni ura olmasdan, penaltidan foydalandi

Yevropa ligasi. «Barselona» - «Napoli» bahsida durang: Ferran Torres yuz foizli 3ta golni ura olmasdan, penaltidan foydalandi

Baho:
+1 | -

Yevropa ligasi ushbu nom bilan qayta tashkil etilganidan buyon "Barselona" ilk marta mazkur musobaqada ishtirok etmoqda. Jamoa Yevrpoa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagani uchun Yevropa ligasiga o‘tdi. Qur’ada "ko‘k-anorranglilar"ga "Napoli" duch keldi.

Neapolliklar yaxshi himoyalanish bilan birga raqibga nisbatan yaxshiroq shakllanganini namoyish eta boshladi. Shu bois, "Barsa" "Napoli" mudofaasini yorib o‘tishga qiynaldi. Bahsning 29-daqiqasida himoyachining xatosidan so‘ng Obameyang to‘pni egallab Torresni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Ferran 15 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Italiyaliklar esa keyingi hujumdayoq mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishdi. Qanotdan yerlatib berilgan uzatmani Zelinski qabul qildi va kuchli zarba berdi. To‘p ter Shtegenga tegib qaytdi, Pyotrning o‘zi to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

"Barsa" ikkinchi taymda maydonga o‘zgacha ishtiyoq bilan tushib keldi va raqibga bosim o‘tkaza boshladi. O‘yinning 58-daqiqasida Traore o‘ng qanotdan mehmonlar jarima maydoniga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berayotganida to‘p uning oldida turgan himoyachining qo‘liga tegdi. Hakam VARning eslatmasini tinglab, videotakrorni tomosha qilgach, "Napoli" darvozasi tomon penalti belgiladi. Ferran Torres esa undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Shundan keyin ham neapolliklar butun jamoa bo‘lib himoyalanishda davom etishdi. "Barselona" ijrosidagi golga tortadigan eng xavfli vaziyat esa 88-daqiqada yuzaga keltirildi. Kataloniyaliklar qisqa paslar bilan raqib jarima maydoniga kirib kelishdi, Ferran Torres esa 6-7 metrlardan darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. 90-daqiqada esa Lyuk de Yong qaychi uslubida xavfli zarba yo‘lladi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ferran bugungi o‘yinda uchinchi o‘ta qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Lyuk de Yong tomonidan berilgan chiroyli uzatmadan so‘ng ispaniyalik futbolchi yana aniq zarba yo‘llay olmadi.

Shu tariqa, "Napoli" o‘zining yagona imkoniyatidan foydalangan bo‘lsa, "Barselona" vaziyatlarni golga aylantira olmasdan durangga imzo chekdi. Javob uchrashuvi bir haftadan keyin Neapol shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasi, 1/16 final, dastlabki o‘yin
Barselona Ispaniya – Napoli Italiya 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 29 Zelinski, 1:1 – 59, penalti Ferran Torres.
Barselona – ter Stegen, Mingesa (Dest, 81), Pike, Erik Garsiya, Alba, de Yong (Buskets, 65), Niko Gonsales (Gavi, 65), Pedri, Obameyang (de Yong, 86), Traore (Dembele, 65), Ferran Torres.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Kulibali, Rraxmani, Jezus, Zelinski (Demme, 80), Fabian Ruis, Zambo-Angissa (Malkyui, 84), Elmaz (Mariu Ruy, 85), Insinye (Unas, 72), Osimxen (Mertens, 80).
Ogohlantirishlar: Zambo-Angissa (39), Fabian Ruis (70), Meret (90).

Manba: stadion.uz

"Барса" ижросида Чемпионлар Лигаси чорак финали даражасидаги ўйин, лекин вазиятдан фойдаланиш Конференциялар Лигаси даражасида...

Хайрулла Ҳамидов.

Kiritildi: 00:47, 18.02.2022.
O'qildi: 4470 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.