«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2021/2022 yilgi mavsum yakunida jamoasining Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasligi haqidagi savolga javob berdi.
«Roma» ayni damda A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab, Chempionlar Ligasi zonasidan 6 ochko ortda qolmoqda.
«Men Chempionlar ligasini o‘tkazib yubormayman. Hozir biz Konferensiyalar ligasida o‘ynayapmiz va bor e’tiborimizni shunga qaratamiz.
Chempionlar ligasida 150 dan ortiq o‘yin o‘tkazdim, lekin hech narsadan nolimayman. Qolaversa, bu hafta birorta ham yaxshi o‘yin ko‘rmadim. «PSJ» - «Real Madrid»? — Yo‘q, bu o‘yin menga yoqmadi.
Ertaga Italiya chempionati doirasidagi «Verona» bilan bahsni kutaman. Bizda juda ko‘plab yo‘qotishlar bor, ammo har qanday holatda ham bizda jarohat olganlarning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar bor», - deydi Mourinyo.