Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘zining uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi. "Ko‘k-anorranglilar" yozgi transfer oynasigacha ushbu shartnomalarni uzaytirish qo‘yish niyatida. Bu haqda Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Ro‘yxatning birinchi o‘rinida Gavi turibdi. Yosh futbolchiga Yevropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda. «Barselona» u bilan shartnomani uzaytirib, tovon pulini 1 milliard yevro etib belgilamoqchi.
Shuningdek, «blaugranaslar» rahbariyati Ronald Arauxo va Niko Gonsaleslar bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.