Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Hech kimga keraksiz yigitcha yoxud Pol Pogbaning keyingi manzili qayer bo‘ladi?

Hech kimga keraksiz yigitcha yoxud Pol Pogbaning keyingi manzili qayer bo‘ladi?

Baho:
+ | -

2022 yilning yozida ko‘plab futbol yulduzlari, jumladan, fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning ham klubi bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Futbolchi haligacha «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolamagan. Umuman olganda, Pol mankunianliklar safida qolishni istamayapti. Shu sabab yozda Pogbaning jamoasini o‘zgartirish e’timoli katta. Ammo, savol tug‘iladi! Pogba faoliyatini qayerda davom ettiradi?   Ko‘p futbol nashrlari Polni sobiq jamoasi «Yuventus»ga qaytishi haqida xabarlar tarqatmoqda. Aslida bu rostmi? Shu sabab futbolchining keyingi manzili haqida suhbatlashamiz.

Pol - noyob futbolchi. Har ikki yoki uch oyda u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligini isbotlab, aql bovar natijalarga erishadi. Joriy mavsum boshida 3 o‘yinda 7 ta golli uzatma muallifiga aylangani, buning yaqqol misoli. Bu segmentlar «Manchester Yunayted» rahbarlarini Pogba bilan shartnoma yangilash, «Yuventus», «Real Madrid», «PSJ» va bir qator ingliz klublarini futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qildi.

Pogba - bu brend. Ushbu brendni targ‘ib qilishda eng mashhur futbol agenti Mino Rayola muhim rol o‘ynaydi. Gollandiyalik agent Pogba nomidan mohirona foydalanadi va mijozining kelajagi haqida matbuotda portlovchi bayonotlar berib, xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Aynan Rayola tufayli fransiyalik yarim himoyachi sayyoramizning eng ko‘p tilga olingan futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo, agar siz ushbu segmentlarni hisobga olmasangiz, fransuz qolgan futbolchilardan ajralib turmaydi. Misol uchun, Premyer-ligada o‘tgan mavsumda u bor-yo‘g‘i uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Pogba besh yarim yildan beri Premyer-ligada o‘ynayapti, biroq hech qachon oyning eng yaxshi futbolchisiga aylanmagan.

Fransuz o‘rtamiyona jamoalar va autsayderlarga qarshi o‘yinlarda past natija ko‘rsatgani uchun tanqid qilinadi. Shunga qaramay, «qizil iblislar»ning sobiq ustozi Ole-Gunnar Sulsher doimiy ravishda Pogbani asosiy tarkibida maydonga tushirib kelgan. Uning o‘yinidagi kamchiliklarni hisobga olsak, maydonda optimal pozisiyasini topa olmagan. Aslida futbolchi hujumkor yarim himoyachi sifatida yaxshi o‘ynaydi, biroq ko‘pchilik mutaxassislar undan himoyaviy yarim himoyachi sifatida foydalanadi.

«Manchester Yunayted» Pogba va uning agenti Rayolaning matbuotni portalatadigan xabarlaridan charchagan. Ingliz klubi tushunib turibdiki, agar fransuz yaxshi taklif tushsa, Manchesterjamoasidan kemoqchi. Agar avvalroq «qizil iblislar» futbolchini saqlab qolishga harakat qilgan bo‘lsa, endi hech kim qa’tiy tarzda Pogbani jamoada saqlab qolishni istamayapti. Ralf Rangnik qo‘l ostida fransuz ancha yaxshi o‘ynadi. Hatto, bir yil davomida gol urmagan futbolchi, yaqinda «Byornli» darvozasiga golham kiritdi. Pogba Rangnik bilan suhbatlashdi va futbolchining fikri o‘zgargan, hamda «qizil iblislar» safida qolmoqchi ekanligini ma’lum qildi, ammo «Manchester Yunayted» rahbarlari shartnomani uzaytirmoqchi emaslar. Mankunianliklar bu yozda yangi yarim himoyachini sotib olmoqchi, bu esa Pogbaning jamoadan ketishiga qarshi emasligini bildiradi.

 

Pogba uchun potensial xaridorlar yetarlicha topiladi, ammo eng real variantlar Parij, Turin va Madriddir. Pogba bilan shartnoma imzolash ehtimoli past klub —«Real Madrid». Chunki yozda ular Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash va uning dahshatli maoshini to‘lab berish uchun uchun pul izlashlari kerak. Balki, bular orasida eng favorit «Yuventus» bo‘lishi mumkin. Turinliklar Mino Rayolaga 4 mavsumlik shartnoma bo‘yicha taklif jo‘natishgan. Agar, bonuslarni hisobga olmasak, Pol 1 mavsum uchun 9 million yevro maosh oladi.

«Yuventus»da maosh cheklovlari mavjud: 10 million yevro va bonuslar. Ammo bunday cheklovlar bo‘lmagan taqdirda ham, «keksa sinyora» ko‘proq pul to‘lashga tayyor emas, chunki klub qishda Dushan Vlaxovich va Denis Zakariya kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Albatta, fransuz istagan pulni  Parijda,  «PSJ»da topishi mumkin, biroq unda bir paytlar Pirlo, Markizio va Vidal kabi futbolchilari bo‘lgan Turinga qaytish istagi kuchliroq bo‘lishi mumkin.

 

Kiritildi: 12:43, 20.02.2022.
O'qildi: 2532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.