Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ronaldu «MYU» rivoji uchun to‘siq bo‘lishni boshladimi?

Ronaldu «MYU» rivoji uchun to‘siq bo‘lishni boshladimi?

Baho:
+ | -

Krishtianu atrofida yangi «Manchester Yunayted»ni qurib bo‘lmaydimi?

Shu o‘rinda muxlislarda Zlatanchi? U qanday qilib jamoasiga xalaqit qilmasligi mumkin? deya savol paydo bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, Ibrahimovich «Milan» bilan shartnomasini uzaytirgan. Chunki Zlatan futbolchi-menejer. U kerakli o‘rinda Pioliga muammo yaratmaydi, bosh murabbiy tayinlanishiga aralashmaydi. Shved mashg‘ulot o‘tkazishda davom etaveradi, jamoadoshlarini jang qilishga undayveradi. Bu albatta, qirq yoshli o‘yinchi uchun juda ham yaxshi holat.

Ronaldu futbolchi sifatida undan ham kuchliroq va biroz yoshroq ham aslida. U butunlay boshqacha xarakterga ega. Hozirda muxlislar jamoa sardori Maguayrning «Manchester Yunayted»da hammasi joyida degan gaplariga ishonishmaydi, ular aynan Krishtianu Sulsherning iste’foga chiqarilishiga ta’sir qilgan shaxs deya shubhaga bormoqda. Ehtimol, hozir tarkibda portugaliyalik bo‘lmaganida norvegiyalik mutaxassis xuddi avvalgilaridek, salbiy natijalari uchun yana kechirilib yuborilarmidi?!

Shuningdek, Ronalduga ega bo‘lish klub kiyinish xonasini tamomila o‘zgartirdi. U yoshi o‘tgani sayin sheriklariga bo‘lgan munosabatlari va sport prinsiplarini keskinlashtirib bormoqda. Bu esa ko‘pchilik futbolchilarga yoqmasligi tayin.

Klubda ba’zi futbolchilarning xatti-harakatlari Ronalduga umuman manzur kelmaydi. Masalan, Pogba o‘zini dangasa va injiq keksalardek tutadi. Yosh Sancho esa muhitdan, klub ichidagi o‘zaro munosabatlardan nolimoqda. Bundan kelib chiqib, Krishtianuga «Manchester Yunayted»da bo‘lish yoqmayotganga o‘xshaydi. U avvalgi davrlari - Evra, Ferdinand va Fergyusonlar bilan kechgan iliq munosabatlari bu yerda takrorlanishini kutgan bo‘lsa ajab emas.

Bir so‘z bilan aytganda, Ronaldu «MYU»ga haligacha ishonadi, ammo bu shunchaki aldamchi bayonotlar xolos. Yopiq  holatda Krishtianu allaqachon Mendeshga o‘z fikrini aytib bo‘lgan. «Yuventus»ga o‘tish g‘oyasi o‘zini to‘liq oqlamadi, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga berilgan va’dalar ketma-ket urinishlardan so‘ng ham ish bergani yo‘q. Ammo Turindan jamoa Ronalduni ijobiy kayfiyatda  kuzatib qo‘ydi. Manchesterga kelgach esa De Xea aytganidek «ishyoqmaslar» bilan o‘ynashiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda barcha  futbolchilarning bir umumiy dushmani bor - bu Rangnik va uning yordamchilari. Futbolchilar uning rejalariga allaqachon ishonmay qo‘yganlar.

Hatto «Lids»ga qarshi bahsda ham oson va chiroyli g‘alabaga ishonish qiyin bo‘ladi, chunki birinchi davradagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng Byelsa shogirdlari revansh uchun harakat qilib ko‘radi. «Manchester Yunayted» shu qadar yomon futbol ko‘rsatmoqdaki, endi rahbariyat katta inqilob va strategik o‘zgarishlar haqida o‘ylashlari zarur. Ronaldu klubdagi mayda-chuyda detallargacha e’tibor qaratadi. Rangnikdan keyin birorta murabbiy 37 yoshli portugaliyalik atrofida jamoa qurish istagini bildirmasa kerak.

Sulsher iste’fosini talab qilganlar endi inqirozli davrlarda bosh aybdorga aylanishadi. Klub xeyterlari buyog‘iga Ronalduni tinch qo‘ymasliklari aniq.

Qolaversa, maosh borasida ham Krishtianuga yomon ko‘z bilan qaraydiganlar ancha ko‘payib qoldi. Portugal hashamatli hayot va qimmatbaho mashinalarni yaxshi ko‘radi, shuning uchun u ushbu futbol loyihasining o‘zi qiziq bo‘lsa ham, kam summali kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Ayni dam Manchesterda unga haftasiga 600 ming yevrodan ko‘proq maosh beriladi va agar klub kelasi mavsumdan Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, Ronalduning jamoani tark etish ehtimoli yanada oshib ketadi.

Mendesh o‘z odatiga ko‘ra, turli mish-mishlar o‘ylab topishdan charchamaydi. Yaqin kunlar ichida Krishtianuga da’vogarlar orasida «Bavariya» va «PSJ» nomlari tilga olindi. Biroq Parijdan kelgan taklifning asosida Messi va Ronalduni bir jamoada o‘ynatish g‘oyasi yotganini menimcha, barcha tushungan bo‘lsa kerak.

Biroq ularning orasida «Real Madrid» o‘z yulduzini ortga qaytarish haqida umuman o‘ylamayapti, ular o‘z safiga yoshlarni jalb qilmoqda. Hozir jamoa himoya zonasini mustahkam qilish haqida bosh qotiryapti. «Bavariya»ga kelsak, bu klub o‘z prinsiplariga sodiq qoladi. Rahbariyat Ronalduga katta summali shartnoma taklif qilib, Noyer va boshqa faxriylarni bundan g‘azablantirish niyatida emas.

Futboldagi «nafrat»ning mohiyatini tushunish qiyin. Futbolchilarni, murabbiylarni yoki klublarning mazax qilinishi albatta g‘alati tuyuladi. Ronaldu o‘z maqsadlari bilan o‘z xeyterlarining fikrini o‘zgartirgan holatlar ko‘p sodir bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham u o‘z ishini mukammal bajara oladi. Hozirda 37 yoshli faxriy jamoasi tarkibida APL va Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib turibdi.

Messi va Ronalduning futbol davridan uzoqlashayotgani barchada nostaljik qaygu uyg‘otishi tabiiy. Albatta, «MYU» muxlislari Ronaldudan avvalgi super o‘yinlarini kutishadi, ammo aynan muxlislar tomonidan klubning maksimal imkoniyatlari bo‘rttirib yuborilyapti. Zero, jamoa ichidagi muammolarni inkor etish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Grinvud xunuk voqealarga aralashib qoldi, Reshfordning esa sport formasi havas qilarli darajada emas, Pogbani jamoada olib qolish eng katta xatolardan biri bo‘ldi deya taxmin qilinmoqda. Hujum markazida esa Ronaldu bilan samarali o‘ynay oladigan Benzema kabi tandemni topish qiyin bo‘lyapti.

«Manchester Yunayted» Ronaldu kelgach taxmin qilinganidan ancha kuchsizroq bo‘lib chiqdi. Hozir Ronalduni jamoada olib qoluvchi yagona omil Chempionlar ligasidagi qoniqarli ishtirok bo‘lsa kerak. APLdagi kuchli to‘rtlik «MYU» uchun ham, Krishtianu uchun ham yarashiqli holat hisoblanmaydi.

Kiritildi: 15:57, 20.02.2022.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.