Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 15:00 O‘zbekiston 0-0 Kuvayt
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Futzal. “Huaxin-Jizzax” asosiy raqibini yengdi va imkoniyatlarini yanada yaxshilab oldi

Futzal. “Huaxin-Jizzax” asosiy raqibini yengdi va imkoniyatlarini yanada yaxshilab oldi

Baho:
+ | -

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 8-tur o‘yinlariga start berildi.

Tomoshabinlar tur va kunning birinchisidayoq qiziqarli uchrashuvga guvoh bo‘lishdi. “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi, vaholanki, har ikkala jamoa ham ko‘plab xavfli vaziyatlar sodir etishdi, gollar urishga nihoyatda yaqin kelishdi, biroq niyatlar amalga oshmay qolaverdi.

Ikkinchi uchrashuvda chempionat birinchi davrasi peshqadami “Lokomotiv” “Neftchi”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yirik hisobda ustunlik qildi. Uchinchi o‘yinga nafaqat kunning, balki turning, hatto chempionatning markaziy o‘yini sifatida qaralayotgandi.

Bungacha turnir jadvalida atigi bir ochko farqi bilan yonma-yon borayotgan “Huaxin-Jizzax” asosiy raqibi AGMKni mag‘lubiyatga uchrata olsa imkoniyatlarini yaxshilab olishi, natija aksincha bo‘lsa esa olmaliqliklar birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishlari mumkin edi. Durang natija ham jizzaxliklar foydasiga ishlardi.  Birinchi bo‘limda jizzaxliklar o‘z maqsadlariga yaqin kelishdi – bo‘limni o‘zlarining foydasiga tugatishdi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida esa olmaliqliklar hisobni qisqartirib, raqiblari shashtini pasaytirishga urinishdi. Lekin bu urinishlar ikki daqiqaga yetdi xolos – Farhod Abdumavlonovning goli “Huaxin-Jizzax” futbolchilari joniga oro kirdi. Shu tariqa jizzaxliklar chempionlik sari yurishini dadil davom ettirishga zamin yaratishdi.

Futzal.  Oliy liga. 8-tur.

Birinchi  kun.  21 fevral, dushanba

Farg‘ona. “Samo” sport majmuasi.

BUNYODKOR – NASAF – 0:0. 34 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Rustam Tog‘ayev, Sanjar Rahmonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Rahmonberdiyev (20) – Mamasharif Xalimov (20).

 

NEFTCHI – LOKOMOTIV – 2:6 (1:2). 52 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Muhiddinov, Husan Muzaffarov, Mahmud Rustamov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Dilmurod Yusufjonov (7), Shuhratbek Rashidov (29) – Akbar Usmonov (4, 36), Jamoliddin Normirzayev (9), Dilmurod Shavkatov (25, 38), Ilyos Mallayev (34)

Ogohlantirishlar: Jahongir Maxsudov (35) –  Ilyos Mallayev (7).

 

HUAXIN-JIZZAX – AGMK -2:1  (1:0). 116 tomoshabin

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Umid Po‘latov, Murodxon A’zamjonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullayev

Gollar: Dilshod Rahmatov (14-pen.), Farhod Abdumavlonov (37) — Sunnatulla Jo‘rayev (35)

Ogohlantirish: Yo‘q – Muzaffar Ahadjonov (15).

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:15, 21.02.2022.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик