Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekiston Superkubogi yaqin. Musobaqa tarixi, qaysi jamoa eng ko‘p g‘alaba qozongan, “Paxtakor” va “Nasaf” qarama-qarshiligida kim ustun?

O‘zbekiston Superkubogi yaqin. Musobaqa tarixi, qaysi jamoa eng ko‘p g‘alaba qozongan, “Paxtakor” va “Nasaf” qarama-qarshiligida kim ustun?

Baho:
+ | -

Bir necha kundan so‘ng Farg‘onaning Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida 2022 yilgi futbol musobaqalariga start beriladi. O‘sha kuni O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi bahs bo‘lib o‘tishi belgilangan. Unda Superliga chempioni “Paxtakor” O‘zbekiston kubogi sohibi "Nasaf" bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston Superkubogi haqida

O‘zbekiston Superkubogi 1999 yili tashkil etilgan bo‘lib, ilk kubok sohibi Namanganning “Navbahor” klubi hisoblanadi. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “lochinlar” O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” bilan kuch sinashgan va 4:2 hisobida zafar quchgan.

Keyinchalik noma’lum sabablarga ko‘ra, 2000-2013 yillar oralig‘ida Superkubok bahslari umuman o‘tkazilmagan.

2014 yildan Superkubok bahslari yana qayta o‘tkazila boshlaydi. O‘sha yili Toshkentdagi “Jar” stadionida O‘zbekiston kubogi sohibi va chempioni “Bunyodkor”  chempionatda 2-o‘rinni egallagan “Lokomotiv” bilan kuch sinashgan. Ushbu bahs “qaldirg‘ochlar” 2:1 hisobida “temiryo‘lchilar”dan ustun kelgan. 

2015 yilda O‘zbekiston kubogini o‘ziniki qilgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi poytaxtning boshqa jamoasi “Paxtakor” bilan kuch sinashgan va yirik hisobda g‘alaba qozondi — 4:0.  

Jizzaxda bo‘lgan O‘zbekiston kubogi final uchrashuvida “Bunyodkor”dan 2:1 hisobida ustun kelgan “Nasaf”, 2016 yili Superkubok bahsida qatnashadi. Ularning raqibi 2015 yilgi O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” edi. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida kechgan uchrashuvda “ajdarlar” kichik, 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. 

2017-2018 yillarda yana noma’lum sabablarga ko‘ra, Superkubok uchrashuvi o‘tkazilmaydi.

2019 yilda Superkubok uchrashuvi o‘tkazilishi yana qayta yo‘lga qo‘yildi. 2018 yilda O‘zbekiston chempioniga aylangan “Lokomotiv” 2018 yilgi kubok sohibi AGMKga qarshi bahs olib bordi. “Paxtakor” stadionida kechgan uchrashuv “temiryo‘lchilar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

2020 yilda o‘zbekistonlik muxlislar yana Superkubok uchrashuvisiz qoladi. O‘sha yili chempion va kubok sohibi “Paxtakor” Superliga vise-chempioni “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Ammo, bu bahs ham noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmagan.

2021 yili O‘zbekiston Superkubogi o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu safar o‘yinga Samarqanddagi “Dinamo” stadioni mezbonlik qildi. O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi “Paxtakor” vise-chempion “Nasaf”ga qarshi saf tortdi. Minglab muxlislar qarshisida kechgan uchrashuvda toshkentlik futbolchilar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Superkubokning barcha g‘oliblari:

“Lokomotiv” – 2 marta;
“Navbahor” – 1 marta;
"Bunyodkor" - marta;
“Nasaf” – 1 marta;
“Paxtakor” - 1 marta.

 

“Paxtakor” — “Nasaf”

O‘zbekiston Superkubogi

27
fevral, 16:00
“O‘zbekiston” stadioni

2022 yilgi futbol mavsumini “Paxtakor” —  “Nasaf” uchrashuvi boshlab beradi. 27 fevral kuni Yaypanda ushbu jamoalar O‘zbekiston Superkubogi uchun maydonga tushishadi.

Mazkur jamoalar o‘tgan mavsum ushbu kubok uchun kurash olib borganini yuqorida aytib o‘tdik. Umuman olganda o‘tgan yili bu jamoalar jami 4 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi. 2 marta Superliga doirasida, 1 marta Superkubok va 1 marta O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bahslarida o‘zaro o‘ynashgan. Ushbu bahslarning 3 tasida toshkentlik futbolchilar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 1 marta Qarshi klubining qo‘li baland kelgan.

Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, chempionatlarda jamoalar jami 50 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 30 tasida “Paxtakor” zafar quchgan bo‘lsa, “Nasaf” 10 ta o‘yinda 3 ochkoga ega chiqqan. 10 bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “sherlar” o‘zaro o‘yinda “ajdarlar” darvozasini 78 bor ishg‘ol qilgan, “Nasaf” esa 46 marta toshkentliklar darvozabonini ranjitishni uddalagan.

 

“O‘zbekiston” stadioni

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ushbu bahs Farg‘onadagi “O‘zbekiston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur arena Yaypanning “Turon” jamoasiniki bo‘lib, “tulporlar” uy uchrashuvlarini ushbu maydonda o‘tkazadi. “Turon” klubi ortda qolgan davrda klub infratuzilmasini shakllantirish borasida sezilarli islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Tuman hokimining tashabbusi bilan klub uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionga “O‘zbekiston” nomi berildi va ayni kunda o‘yingoh holati zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Stadionning umumiy sig‘imi - 4.500.

“Paxtakor”

 

Yangi mavsumga tayyorgarlik maqsadida “Paxtakor” Turkiyaning Belek shahrida 15 kun davomida yig‘in o‘tkazdi

Bosh murabbiy Slavche Voyneski ushbu yig‘inda asosiy tarkib futbolchilarini aniqlash va yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ushbu yig‘inni tashkil qildi. “Sherlar” yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir qancha nazorat o‘yinlarini tashkil etdi. 

Nazorat o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Paxtakor” — “Minay” (Ukraina) - 1:0

“Paxtakor” —  “Ufa” (Rossiya) - 1:1

“Paxtakor” —  “Dinamo” (Gruziya) - 0:3

“Paxtakor” —  “Dinamo” (Ukraina) - 0:0

 

 

“Nasaf”

 

Qarshining “Nasaf” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borishdi. “Ajdarlar” yig‘in doirasida yettita nazorat uchrashuvida maydonga tushib, ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashdi, ikki o‘yinda durang natija qayd etildi va uch bellashuvda g‘alaba qozondi.

Nazorat o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Nasaf” — “Saburtalo” - 0:1

“Nasaf” — “Universtatia Kluj” - 1:1

“Nasaf” — “Volgar” - 2:1

“Nasaf” — “Sarayevo” - 1:0

“Nasaf” — “Rux” - 0:2

“Nasaf” — “Vorskla” - 0:0

“Nasaf” — “Atirau” - 4:1

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston superkubogi uchrashuvi 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16: 00da boshlanadi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:37, 21.02.2022.
O'qildi: 5654 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик