Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Arsenal» «fan-shopidan» qaltis hazil

«Arsenal» «fan-shopidan» qaltis hazil

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi internet-do‘koniga kirgan muxlislar sayt­dagi noodatiy xabarni ko‘rib qolishdi. Kompyuter strelkasi savatcha belgisiga yaqinlashtirilsa, «Sizning savatchangiz, xuddi «Tottenxem» sov­rinlar shkafi singari bo‘sh» degan yozuv chiqqan. Keyinroq «Arsenal» hazil rahbariyat bilan kelishmagan holda chiqarilgan, tez orada hammasi o‘chirilishini bildirdi. «Ushbu xabar saytga xatolik tufayli, tegishli tekshiruvlar va kelishuvlarsiz joylangan, u imkon qadar tezroq o‘chiriladi», - deb yozildi klub bayonotida. Hozir kursorni belgiga yo‘naltirilsa, odatiy matn chiqmoqda: «Hozir sizning savatchangiz bo‘sh».

Londonliklarda sovrin masalasi qanaqa?

Umuman, «Tottenxem»ni anchadan buyon sovrinsizlik tufayli «troll» qilish odat tusini olgan. «Shporlar» oxirgi marta 2008 yili Liga kubogida zafar quchishgandi. Angliya kubogi so‘nggi bor 1991 yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, oxirgi chempionlikka 1961 yilda erishilgan.

«Arsenal»ning bu boradagi yutuqlari nisbatan salmoqli. 13ta Angliya chempionligi, ularning so‘nggisi 2004 yilga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, «kanonirlar» Angliya kubogida chakki emaslar: musobaqa tarixida ushbu sovrinni eng ko‘p (14 marta) qo‘lga kiritishgan, 2020 yilgi muvaffaqiyat ham shular jumlasidan.

APLning joriy mavsumida «Tottenxem» (36 ochko, 8-o‘rin) va «Arsenal» (39 ochko, 6-o‘rin) turnir jadvalida ham haqiqiy raqobatni vujudga keltirishgan - Chempionlar Ligasiga chiqish uchun imkoniyatlar saqlanib turibdi.

***

«Arsenal» afsonasi Tyerri Anri «Tottenxem»ga hazil qilish fursatini hech qachon boy bermaydi. Misol uchun, fransuz 2021 yilning sentyabrida Amazon Prime studiyasida bunday jamoa borligini bilmasligini aytgandi.

- «Renn» hisobidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat - xavotirlanish uchun yetarli dalil, - degandi boshlovchilardan biri. - Boz ustiga, payshanba kuni Konferensiyalar ligasida «Tottenxem»ga qarshi o‘yin kutib turibdi.

- Kechirasiz, kimga qarshi? Bunday jamoani bilmayman, - Anri shunday deya kamera tomon ayyorona nazar solgandi.

Studiyadagilar «Arsenal»ning aksariyat fanatlari singari hazilni tabassum bilan qarshi olishdi. Izohlarda Tyerrini qahramon, qirol, afsona deb atashdi, kimdir esa bu o‘tgan oy davomida eshitgan eng kulgili hazil bo‘lganini yozgan.

Darvoqe, Anri futbolchilik davrida «Tottenxem» bilan o‘yinda biror marta yutqazmagan - 7 g‘alaba, 4 durang, 5ta gol va bitta assist. Fransuz bu borada ham fikr bildirishga ulgurgan: «O‘yinchilik davrimda «Tottenxem» bilan o‘yindan ochkosiz qaytmaganimdan, buni his qilishdan baxtiyorman».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 06:15, 22.02.2022.
O'qildi: 2190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.