Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso klub rahbariyati Diyego Simeone o‘rniga yangi bosh murabbiy qidirayotgani haqidagi yangiliklarga munosabat bildirdi.
"Simeone — klubimizning muhim qismi. Uning jamoani tark etishi haqida hech qachon o‘ylamaganmiz. Uning o‘rniga o‘rinbosar izlash insofsizlik bo‘lardi", - dedi Sereso "Marca" nashriga.
Ma’lumot uchun, Simeone boshchiligidagi "matraschilar" joriy mavsum La Ligada 25 o‘yinda 42 ochko to‘plab, turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida ketmoqda.