Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Anchelotti o‘yinchi almashtirishni xush ko‘rmaydi

Anchelotti o‘yinchi almashtirishni xush ko‘rmaydi

Baho:
+ | -

«Real Madrid»ning 2022 yildagi natijalarida barqarorlik yo‘qoldi. Jamoa ba’zida g‘alaba qozonsa, ba’zida ochkolar yo‘qotmoqda. Masalan, jamoa Ispaniya chempionatining so‘nggi 6ta o‘yinida 11 ochko jamg‘ardi. Klub Ispaniya kubogidan chiqib ketdi, Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "PSJ"ga qarshi dastlabki o‘yinda imkoniyatni boy berdi.

Bu esa jamoaning asosiy tarkib futbolchilarida toliqish yuzaga kelayotgani bilan bog‘liq. Karlo Anchelotti o‘z ixtiyoridagi futbolchilardan yetarlicha foydalanmayapti, rotasiya siyosatini to‘g‘ri olib bora olmayapti. Boz ustiga, italiyalik mutaxassis uchrashuvdagi o‘yinchi almashtirishlarni juda kech amalga oshirmoqda. Masalan, "Qirollik klubi" so‘nggi 3ta bahsning 70 daqiqasigacha o‘yinchi almashtirishlarsiz harakat qildi.

Anchelottining o‘yinchi almashtirishlariga nazar tashlaydigan bo‘lsa, mutaxassis 5ta o‘yinchi almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lganiga qaramay, 3ta o‘yinda faqatgina ikkitadan almashtirishni amalga oshirgan («Shaxtyor», «Kadis» va «Atletik»ga qarshi o‘yinlarda). Ertaroq amalga oshirilgan almashtirishlar (masalan, ikkinchi bo‘lim boshida) esa bir xil ssenariy asosida: Kamavinga zaxiraga olinib, uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirilgan («Espanyol», «Osasuna» va «Granada»ga qarshi bahslarda).

Karlo Anchelotti konservator murabbiy ekanini isbotlovchi fakt. 19 fevral kuni «Alaves»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda (3-0) Vinisius 80-daqiqada ikkinchi golni urmaguncha «Madrid» boshlang‘ich tarkib bilan o‘ynashda davom etdi. Shundan so‘ng 5ta o‘yinchi almashtirildi: Rodrigo (82), Dani Sebalyos (82), Eden Azar (84), Marselo (84) va Lukas Vaskes (86).

Joriy mavsumda asosiy zaxiradan maydonga tushayotgan «Real Madrid»ning 9 nafar futbolchilari jamoaning umumiy o‘yin daqiqalaridan 30 foizidan kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmoqda. Masalan, Azar (887 daqiqa, 27%), Beyl (270 daqiqa, 8%), Lunin (210 daqiqa, 6%), Mariano Dias (178 daqiqa, 5%), Sebalyos (65 daqiqa, 2%).

Anchelotti joriy mavsumda asosan bir tarkib bilan o‘ynayotgani o‘zini qanchalik oqlaydi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:47, 22.02.2022.
O'qildi: 2108 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.