Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Futbol klublarining xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Futbol klublarining xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sport tadbirlari, xususan, futbol uchrashuvlari vaqtida ishtirokchilar va tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Bunda ayniqsa, futbol klubi tizimida faoliyat olib borayotgan xavfsizlik bo‘yicha ofiserlar o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishlari lozim bo‘ladi.

O‘zPFL o‘tgan yildan e’tiboran har mavsum avvalida klublarning xavfsizlik ofiserlari uchun o‘quv-seminari tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi.

Bugun 2022 yilgi mavsum oldidan klublar xavfsizlik bo‘yicha ofiserlarining xizmat vazifalari, ularga qo‘yiladigan talablar, o‘yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to‘la rioya etilishini ta’minlash, ayniqsa pandemiya sharoitida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga bag‘ishlab O‘zPFLda Superliga hamda Pro liga klublari xavfsizlik bo‘yicha ofiserlari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Unda O‘zPFL, O‘FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha mas’ullari ham ishtirok etib, o‘tgan mavsum bu borada amalga oshirilgan ishlar sarhisobini bajargan holda oldindagi mavsum uchun umumiy rejalar muhokama qilindi.

Seminarda xavfsizlik bo‘yicha ofiserning xizmat vazifalari, ularning o‘yinni xavfsiz va barcha qonun-qoidalarga mos ravishda o‘tishidagi ahamiyati muhokama etildi. Har bir klub uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionda xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim ekani, o‘yin davomida klub vakili aynan mana shu reja asosida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ishlashi tushuntirildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:12, 22.02.2022.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.