Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Firmino “CHelsi”ga qarshi Angliya liga kubogi finalini o‘tkazib yuboradi

Firmino “CHelsi”ga qarshi Angliya liga kubogi finalini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi yordamchisi Pep Linders hujumchi Roberto Firmino "Chelsi"ga qarshi Angliya liga kubogi finalida maydonga tusha olmasligini aytdi.

"Firminoning holatini aniqlash uchun bizga yana ikki kun kerak. U juda qattiq harakat qiladi, lekin afsuski, u finalda maydonga tushmaydi va tarkibga kiritilmaydi. U tez orada qaytib keladi degan umiddamiz, chunki Roberto jamoamiz uchun qanchalik muhim ekanini hammamiz bilamiz.

Diogo Jotaga kelsak, u bugun yaxshi mashq qildi, bu yaxshi belgi. U "Chelsi"ga qarshi o‘ynay olishi mumkin, ammo bu hali ham savol ostida", - deya Lindersning so‘zlaridan iqtibos keltirgan mersisaydliklar matbuot xizmati.

"Chelsi" va "Liverpul" o‘rtasidagi Angliya Liga kubogi finali 27 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Kiritildi: 20:52, 25.02.2022.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик