Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kevin Fillips hayotini o‘zgartirgan nuqta

Kevin Fillips hayotini o‘zgartirgan nuqta

Baho:
+ | -

Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Kevin Fillips FourFourTwo nashriga bergan intervyusida faoliyati va hayotini o‘zgartirib yuborgan nuqtalarni yodga oldi. Xo‘sh, gap qaysi o‘yinlar haqida ketmoqda?

«Uotford» - «Sanderlend» - 0:1 (21.02.1995. Ang­liya Birinchi ligasi)

- Hammasi kechagidek yodimda. 18 yoshda edim va menga professional futbolga tayyor emasligimni ro‘y-rost aytishdi. Noyabr oyida «Uotford» bilan shartnoma tuzgan bo‘lsam, debyutni fevralgacha kutishimga to‘g‘ri keldi. Nam va shamolli oqshom, maydonda umuman chim yo‘q, faqat loy! «Vikaraj Roud»da, muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash o‘zgacha edi. Ha, yakunda 0:1 hisobida yengildik, ammo mag‘lubiyat debyut quvonchini buzolmadi.

Vengriya - Angliya - 1:1 (28.04.1999. O‘rtoqlik uchrashuvi)

- Bosh jamoa tarkibiga qo‘shilganim haqida Sanderlendda xabar topdim. Jurnalist yangilikni aytganida, 10-15 soniya gapirolmay qoldim, axir  professional futbolda endi yaxshi o‘ynay boshlagandim. Birinchi ligada o‘ynashimiz boismi, men va Maykl Greyga qo‘shimcha bosim bo‘ldi, ammo bundan zarracha bezovtalanmadik. Milliy jamoaga chaqirgani uchun Kevin Kigandan umrbod minnatdorman. Mamlakat madhiyasini eshitganimda, butun vujudim titrab ketgandi. Ha, o‘yinda nimanidir qoyillatolmadim, shunga qaramay, barchasi aql bovar qilmas voqea sifatida miyamga muhrlandi, baribir.

«Nyukasl» - «Sanderlend» - 1:2 (25.08.1999. APL)

- «Sanderlend» muxlislari faqat shu o‘yin haqida gapirishardi. Zero, jamoa 1990 yildan buyon «Sent-Jeyms Park»da g‘alaba qozonolmayotgandi. «Sanderlend»da 2 mavsum jami 60ta gol urdim, ammo «Nyukasl»­ga qarshi o‘yindagi g‘alaba zarbasiga qadar o‘zimni klub afsonasidek his qilmaganman. Maydon botqoqqa o‘xshardi, ko‘lmaklar... Muhimi, o‘sha lahzalar butun faoliyatimdagi eng shirin damlar edi!

«Kristal Pelas» - «Uotford» - 1:0 (27.05.2013. Chempionship «pley-off» bos­qichi)

- Hamma «pley-off» finalida g‘alaba qozonish yuqori darajaga ko‘tarilish uchun eng qulay vaqt ekanligini aytardi. Lekin men bunda faqat omadsizlikni ko‘rdim. «Kristal Pelas» bilan yanvarda shartnoma tuzganimda, jamoa 1-o‘rinda borardi. Ammo keyinroq bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradik va barchasi yakunda bizni shu finalga yetakladi. 39 yoshda edim va 90 daqiqaga bardosh berolmasligimni bilardim. Ian Xollouey meni zaxiradan tushirish orqali o‘yin jarayoniga ta’sir o‘tkazishni o‘yladi. Bu reja ish berdi - «overtaym»da penaltidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondik. O‘yinda sovuqqon va xotirjam edim va hammasini to‘g‘ri bajardim. Qaytishda do‘konga kirish uchun avtobusni to‘xtatdik. Xollouey qo‘lida kubok bilan London ko‘chalarida qanday yugurganini ko‘rsangiz edi... Bu tashqaridan juda g‘alati ko‘ringandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 27.02.2022.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик