Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Urush, noming o‘chsin jahonda!

Urush, noming o‘chsin jahonda!

Baho:
+ | -

Shanba kuni Yevropaning barcha kuchli ligalaridagi (APL, La Liga, A Seriya, Bundesliga va Liga 1) o‘yinlar oldidan o‘ziga xos aksiyalar o‘tkazildi.

Jumladan, «Manchester Siti» futbolchilari «Everton»ga qarshi o‘yinga «No War» libosida maydonga chiqishdi. Quyida butun Yevropa bo‘ylab ommalashib borayotgan bu kabi holatlarni foto shaklida e’tiboringizga havola etamiz.

«Everton» futbolchilari esa Ukraina bayroqlarini yelkalariga ilgan holda maydonga chiqdi.

Bahs starti oldidan ikkala raqiblar — Aleksandr Zinchenko va Vitaliy Mikolenkoning o‘zaro munosabati muxlislarga emosiyalarga boy soniyalarni taqdim etdi. Eng qizig‘i, har ikkala futbolchi ham kecha maydonga tushmadi.

«Manchester Yunayted» va «Uotford» Ralf Rangnik boshchiligida maxsus banner ko‘targancha suratga tushishdi. Unda olti tilda «tinchlik» so‘zi ifodalangan edi. Tinch okeanining belgisi bo‘lgan ko‘k rang o‘z o‘rnida tinchlikning ham xalqaro ramzi hisoblanadi.

«Kristal Pelas» esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

«Aston Villa» a’zosi Metti Kesh goldan so‘ng Kiyevning «Dinamo» jamoasi himoyachisi Tomash Kendzyorani qo‘llab-quvvatlagan so‘zlar yozilgan futbolkani muxlislarga namoyish qildi: «Kuchli bo‘l, og‘ayni»). Kesh va Kendzyora Polsha terma jamoasida birga harakat qilishadi. Tomash hozir Ukrainada bo‘lib turibdi.

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi «Bavariya» o‘rtasidagi o‘yin oldidan tabloga tinchlik kaptari joylashtirildi.

Robert Levandovski Ukraina bayrog‘i rangidagi sardorlik bog‘ichida maydonga chiqdi.

Juma kuni «Xoffenxaym» va «Shtutgart» o‘zaro bahs olib bordi va jamoalar «Urush to‘xtasin» nomi ostida banner ko‘tarib chiqishdi.

«Bayer Leverkuzen» - «Arminiya» hamda «Milan» – «Udineze» o‘yinlari oldidan bir daqiqalik sukut saqlandi.

La Ligada tur o‘yinlarining barchasida «No War» aksiyasi tashkil qilindi. 

«PSJ» va «Sent-Etyen» esa «Tinchlik — hamma uchun» bayrog‘i bilan maydonga chiqishdi.

Kiritildi: 16:37, 27.02.2022.
O'qildi: 6746 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.