"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski jamoasi bilan yaqin soatlar ichida yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Buni birinchi marta eshitib turibman… Men juda xotirjamman. Turli xil variantlarni ko‘rib chiqishda doim tayyorman, lekin men uchun jamoamning keyingi o‘yini muhimroq, — Levandovskining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Spox.